22:25 / 10.04.2019
4 828

Banan iste’mol qilish kimlar uchun xavfli?

Banan iste’mol qilish kimlar uchun xavfli?
Banan mevasi ayrim kasalliklardan aziyat chekayotgan kishilar sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Sof.uz”.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, buyrak, oshqozon-ichak yo‘li, jigar va o‘t pufagi xastaliklaridan aziyat chekuvchi bemorlar banan mevasini iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim, chunki banan organizmda uzoq hazm qilinadi. Shuningdek, u organizmni suvsizlantiradi va suyuqlik oqishini sekinlashtiradi.

Bundan tashqari, qand kasalliga duchor bo‘lgan kishilar o‘z ratsionidan bananni chiqarib tashlashlari lozim. Chunki banan mevasi qondagi glyukozaning keskin oshishiga sabab bo‘lishi va katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Yurak-qon tomir xastaligi muammolariga duch kelganlar ham banan iste’mol qilmasliklari tavsiya etiladi. Ma’lumki, banan infarkt va insultni boshidan kechirgan bemorlarning qayta tiklanish jarayonini sekinlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Banan iste’mol qilish kimlar uchun xavfli?