17:15 / 11.04.2019
18 025

Raqqosa Parizoda qiziga nima uchun "tarsaki" tushirgan edi? (video)

Raqqosa Parizoda qiziga nima uchun "tarsaki" tushirgan edi? (video)
Raqqosa Parizoda «MTV Show» ko‘rsatuviga qizi E’zozaxon bilan birga tashrif buyurdi. Bilamizki, hozirgi kunda uning qizi E’zozaxon ancha tanilib qolgan. Kliplarda suratga tushmoqda va albatta onasining so‘zlariga ko‘ra haligacha takliflar bo‘layotgan ekan.

Mish-mishlarga sabab bo‘lgan "tarsaki" haqida Parizodadan so‘rashganida esa, u aslida voqea qanday bo‘lganini gapirib berdi.
- O‘sha payt Rayhonning "Armondan so‘ra" nomli qo‘shig‘i klipiga E’zozaxon suratga tushayotgan edi. 3-4 kun ketma-ket s’yomka jarayonlari bo‘lib qoldi. S’yomka jarayonlarining faqat bir kunida yig‘laydigan sahnalar olinishi kerak edi. Yig‘lab turgan sahnani turli xil qilib kadrga olish juda qiyin. Buning uchun tinmay yig‘lab o‘tirish kerak. E’zoza yig‘layvermagach, sekin oldiga borib, chimchilab qo‘ydim. Keyin yig‘lashni boshladi. Qarasam, shundoq ham ko‘p yig‘laganidan ko‘zidan ko‘p yosh chiqmayapti. Axiri urishga majbur bo‘ldim, lekin qo‘shilib o‘zim ham yig‘ladim. O‘sha kun uyga borguncha qizimdan kechirim so‘raganman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Raqqosa Parizoda qiziga nima uchun "tarsaki" tushirgan edi? (video)