14:00 / 17.04.2019
4 618

Erkaklarda bevaqt o‘lim alomati aniqlandi

Erkaklarda bevaqt o‘lim alomati aniqlandi
Foto: «EvriKak.ru»
Erkaklarda tinch holatda yurak daqiqasiga 75 martadan ko‘p urishi — bevaqt o‘lim alomati, bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.

1973 yili olimlar 1943 yili Gyoteborg (Shvetsiya)da tug‘ilgan 798 nafar erkak ishtirokida tadqiqot boshlashgan. Har bir ko‘ngilli anketa to‘ldirib, o‘z turmush tarzi, oilasidagi yurak-qon tomir kasalliklari tarixi, stresslar haqida yozishgandi.

Shundan so‘ng mutaxassislar 798 nafar 30 yoshli erkaklarni yurak urishi sur’atiga qarab to‘rt guruhga ajratishdi: daqiqasiga 55 marta va undan kam, 55-65, 65-75 hamda 75 marta va ko‘proq.

Vaqtlar o‘tib, tadqiqotchilarga shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yuragi daqiqasiga 55 martadan ko‘p uruvchilar tamaki chekishgan, kam harakatlanishgan, stress holatiga ko‘proq tushishgan. Har xil yurak xastaliklari va boshqa sabablar orqali o‘lim topuvchilar yuragi daqiqasiga 75 martadan ko‘p uruvchilar orasida tomir pulsi 55 dan past bo‘lganlarga nisbatan ikki karra ko‘p uchragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erkaklarda bevaqt o‘lim alomati aniqlandi