Qur’onda "sut siri"ning kashf qilinishi

  • 24 aprel 2019, 13:35
  • 2 260
  • Hayot tarzi
  • Qur’onda "sut siri"ning kashf qilinishi
    Bunday shov-shuvli maqola nomini ko‘rgach, o‘quvchi muallifga shubha bilan qarashi mumkin.

    Sutning qanaqa siri bo‘lishi mumkin, deysiz balki. Lekin bu mahsulotni ilmiy o‘rganish ishlari yaqin asrlarda boshlangan bir paytda, bundan 14 asr oldin nozil qilingan Qur’onda esa sut haqida batafsil aytib o‘tilgan ekan.

    «Chorva hayvonlarida ham siz uchun, albatta, ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidan, go‘ng va qon orasidan ichuvchilar (tomog‘i)dan oson o‘tuvchi sof sut ila sug‘oramiz..» (“Nahl” surasi, 66 oyat)

    Bu oyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar bo‘lganining 7 yilida, Makka mushriklari bilan munosabat keskin bo‘lgan davrda nozil bo‘ldi. O‘sha yili Quraysh ahli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qarindoshlari bilan turmush qurmaslikni, uylanmaslikni va savdo-sotiqni amalga oshirmaslikni, ular bilan uchrashmaslikni va ular bilan muloqot qilmasliklarini o‘zaro kelishib olgan edilar. Ushbu kelishuv matni Ka’baga joylashtiriladi. Bu boyqot uch yil davom etdi. Bu davr mobaynida musulmonlar katta qiyinchiliklarga duch keladilar, oziq-ovqat va ichimlikka va boshqa ehtiyojlarga muhtoj bo‘ladilar.

    Alloh har kim har bir amali uchun javob beradigan Oxirat kunini eslatuvchi ko‘plab oyatlar nozil qiladi. Shuningdek, oyatlarda yaratilgan har bir jonli-jonsiz mavjudotlarni aytib o‘tib, bu ajoyibotlarga qarab tafakkur qilishga undagan. Allohning rahmati bo‘lmish yana bir ne’mat, sut ham shu oyatda kelganligi bejiz emas.

    Mashhur fransuz tadqiqotchisi, gastroentorolog-shifokor Moris Byukayning «Injil, Qur’on va fan» kitobidan ba’zi jumlalarni keltirsak.

    Agar siz ushbu oyatga ilmiy nuqtai nazardan qarasangiz, ma’nosini to‘liq tushunish uchun fiziologik tushunchalarga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Tana uchun ozuqaviy moddalar ovqat hazm qilish traktining butun uzunligi davomida sodir bo‘ladigan oziq-ovqat taqsimlash kimyoviy reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladi. Dastlab bu moddalar ichak tarkibida bo‘lishadi. Kimyoviy ajralish reaksiyasi yakuniy bosqichga yetib, bu moddalar ichak devorlaridan chiqadi va qon aylanish tizimiga kiradi.

    Moddalarning qonga o‘tish jarayoni ikki yo‘l bilan sodir bo‘lishi mumkin: to‘g‘ridan-to‘g‘ri, limfa tomirlari orqali yoki bilvosita portal qon aylanish tizimi orqali. Ikkinchi yo‘lda, ozuqa moddalari birinchi navbatda jigarga kiradi, bu yerda ular o‘zgaradi va keyin qon aylanish tizimiga o‘tadi.

    Sut komponentlari sut bezlari tomonidan ishlab chiqariladi. Oziq-ovqatlar bu bezlarning ichiga kirib, ovqat hazm qilish natijasida hosil bo‘ladi va tomirlarda qon oqimi orqali sut bezlariga yetkaziladi. Shunday qilib, qon, oziq-ovqatdan olingan barcha narsalarning «akkumulyatori» va «drijyori» rolini bajaradi, sut ishlab chiqaradigan sut bezlarini, shuningdek, tananing boshqa organlarini oziqlantiradi.

    Shunday qilib, har bir narsani harakatga keltiradigan dastlabki jarayon-ichak devori orqali, qon bilan, ichak tarkibiy qismidagi parchalanish reaksiyalari ekan, boshqacha qilib aytganda, bu tarkibning qon tomirlariga ichak devori orqali kirishi.

    Ushbu murakkab jarayon, hazm qilish tizimining kimyoviy va fiziologik jihatlariga doir tadqiqotlar orqali o‘rganildi. Payg‘ambar Muhammad alayhissalom davrida u haqida hech narsa ma’lum bo‘lmagan. Darhaqiqat, Qur’on nozil qilinganidan keyin taxminan o‘n asr o‘tgach, Harvey tomonidan qon aylanish tizimining ishlash prinsipi kashf etildi.

    Qur’on oyatida kelgan bu tushunchalar har qanday insonni aql bovar qilmaydigan faktlarga asoslangan, deb o‘ylayman, chunki Qur’on bunday tushunchalar sir bo‘lgan davrda nozil bo‘lgan edi.
    Faatima Mo‘minjonova

    Manba: Azon.uz

    Фикрлар

    » » Qur’onda "sut siri"ning kashf qilinishi