10:40 / 18.05.2019
4 040

Ramazon eslatmasi: Ro‘zadorligi yodidan ko‘tarilib yegulik tanovul qilsa ro‘za ochiladimi?

Ramazon eslatmasi: Ro‘zadorligi yodidan ko‘tarilib yegulik tanovul qilsa ro‘za ochiladimi?
Ro‘zadorligi esdan chiqib biror narsa yeb yoki ichib qo‘ysa, ro‘za ochiladimi? Bu savolga «Darakchi.uz» quyidagicha javob berdi.

Ro‘zaning buzilishi bilan bog‘liq quyidagi uch xil holat kuzatiladi: esdan chiqarish, xato oqibatida yoki qasddan.

Ro‘za tutganligi yodida bo‘lmay, yeb-ichib qo‘ygan yoki uni buzadigan amalga qo‘l urgan kishining ro‘zasi buzilmaydi. Ro‘zadorligi esiga tushgandan so‘ng ro‘zani buzuvchi narsani (masalan, yeb-ichishni) davom ettirmasa bo‘ldi. Agar davom ettirsa, ro‘zasi buziladi va qazo lozim bo‘ladi.

Ro‘zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og‘iz chayishda suv tomog‘iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o‘yda ro‘zani ochib qo‘ysa, ro‘zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog‘i kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ramazon eslatmasi: Ro‘zadorligi yodidan ko‘tarilib yegulik tanovul qilsa ro‘za ochiladimi?