Farrux Soipov muallifligida “Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvi taqdim etildi

  • 18 may 2019, 16:55
  • 1 817
  • Hayot tarzi
  • Farrux Soipov muallifligida “Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvi taqdim etildi
    Ramazoni sharif munosabati bilan Farrux Soipov muallifligida “Tafakkur qilmaysizmi?..” ma’rifiy-diniy ko‘rsatuv taqdim etildi. Ko‘rsatuvning asosiy mavzusi Qur’on oyatlari haqida suhbat bo‘lib, ularning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritiladi.

    Islom dinining asli Allohni tanish hisoblanadi. Ya’ni, barcha ilmlarning aslida Allohni tanishlik ilmi yotadi. Agar dinni bir daraxtga o‘xshatadigan bo‘lsak va uning shoxlarini dinni ta’lim beradigan barcha ilmlarga o‘xshatsak, ana shu daraxtning ildizi ma’rifatulloh bo‘ladi. Ana shu ildiz orqali daraxt kuchga kiradi, sug‘oriladi va meva beradi. Inson hayotiga keladigan musibatlar, agar qalbda Allohni tanishlik bo‘lmasa, insonni qulatib qo‘yadi.

    Mo‘minman deb da’vo qilgan insonga sinov keladi. Bundan maqsad uning haqiqiy mo‘minligini sinab ko‘rishdir. Bu sinovlar mo‘minning poklanishiga va darajasi oshishiga sabab bo‘ladi. Agar qalbda iymon sobit bo‘lmasachi? Unda insonning halokatiga sabab bo‘ladi. Allohning koinotdagi va o‘zimizdagi oyatlari haqida tafakkur qilishimiz, Robbimizni tanishlikka olib boradi.

    Ilmlar ikki toifaga bo‘linar ekan. Allohni tanitadigan ilmlar va Allohning ahkomlarini tanitadigan ilmlar. Kimda kim buyruqdan oldin buyuruvchini o‘rganadigan bo‘lsa, u ahkomlarga nisbatan fidokorona yondashadi. Agar bu holat teskari bo‘lsa, ya’ni buyuruvchini tanimay turib, buyruqlarni o‘rganadigan bo‘lsa, u ahkomlarga nisbatan beparvo bo‘lib qoladi.

    Qachonki banda Allohning ilmi barcha narsalarni qamrab olishini his etsa, uning buyruqlariga itoat qilish ham shu darajada bo‘ladi. Ilm bizga nima uchun kerak? Ilm bizga Allohning azamatini, uning buyukligini his etish uchun zarur.

    “Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvining ushbu birinchi sonida Allohning qudrati, uning ilmi va bu ilm butun koinotni, osmonlarni qamrab olgani, uning buyukligi haqida yorqin misollar orqali so‘z boradi.

    Фикрлар

    » » Farrux Soipov muallifligida “Tafakkur qilmaysizmi?..” ko‘rsatuvi taqdim etildi