O‘n besh yil uzoqroq umr ko‘rishni xohlaysizmi?

  • 19 may 2019, 07:20
  • 1 850
  • Hayot tarzi
  • O‘n besh yil uzoqroq umr ko‘rishni xohlaysizmi?
    Piyoda tez-tez qadam tashlash inson hayotini 15 yilga uzaytirishi mumkin. Lester (Buyuk Britaniya) universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi Sof.uz The Daily Mail'ga tayanib.

    Mutaxassislar o‘rtacha yoshi 52 yosh bo‘lgan yarim millionga yaqin odamlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqanlar.

    Ma’lum bo‘ldiki, tez-tez qadam tashlaydigan ayollar umrining o‘rtacha davomiyligi 86,7dan 87,8 gachani tashkil etadi. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 85,2-86,8 ga teng.

    Sekin yuradigan yoki umuman kam harakat qiladigan odamlar kelajagi havas qilgulikmas. Harakatchan bo‘lmagan ayollar umrining o‘rtacha davomiyligi 74 yoshni, erkaklarniki esa 64,8 yoshni tashkil etgan.

    Tadqiqot mualliflarining ta’kidiga ko‘ra, yurish foydasi inson ortiqcha vaznga ega bo‘lganida ham saqlanib qoladi.

    Olimlar ushbu tadqiqot kuzatuv asosida o‘tkazilganini, ya’ni tez yurish inson umrini uzaytirishini dalillamasligini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, shifokorlar o‘z mijozlari sog‘lig‘i haqida aniq holatni tasvirlayotganlarida, boshqa testlar qatorida aynan piyoda yurish tezligi markeridan foydalanishlarini unutmaslik lozim.

    Фикрлар

    » » O‘n besh yil uzoqroq umr ko‘rishni xohlaysizmi?