12:30 / 16.06.2019
5 179

Gilos - darddan etar xolos

Gilos - darddan etar xolos
Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, gilos yetishtirish bundan ikki ming yil muqaddam Oʻrta yer dengizi atrofida boshlangan ekan. Gilos mevalar ichida oʻzining shifobaxshligi, gʻuj-gʻuj boʻlib ochilgan gullari, yaltiroq barglari bilan odamga zavq-shavq bagʻishlaydi. Ertapishar gilos may oyida yetiladi. Bu mevaning toʻq qizil va sariq navlari bor. Gilos quvvat bagʻishlovchi neʼmat sifatida tavsiya etiladi.

Gilos mevasida 19,2 foiz qand, 1,3 foiz organik kislotalar, pektin, V1, V2, RR, S vitaminlari, kaliy, magniy, fosfor, temir tuzlari bor, urugʻida 30 foizga qadar yogʻ, 1 foiz efir yogʻi mavjud.

Gilos qaynatmasi yoki kompoti isitma tushiruvchi, shamollashda quvvat bagʻishlovchi vosita sifatida ichiladi.

Yangi va quritilgan mevalari ich surish xususiyatiga ega, shuning uchun qabziyatdan qiynaladiganlar yesalar yaxshi. Shifokorlarning aytishicha, gilos organizmdan chiqindilarni chiqarib yuboradi, qonni zararli moddalardan tozalaydi. Shuningdek, buyrak xastaliklari, gipertoniya, artrit, podagra, revmatizm, ichaklar atoniyasi, kolit hamda kamqonlikka yoʻliqqanlarga tavsiya etiladi.

5 oshqoshiq quritilgan gilos mevasiga 4 stakan qaynoq suv quyiladi, 4-6 soatga qoʻyib qoʻyiladi va soʻngra suziladi. Kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 1 stakandan ishtahani ochish uchun, umumiy quvvat bagʻishlovchi vosita oʻrnida ichiladi.

2 oshqoshiq quritilgan gilos ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi, tindirib, suziladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan siydik-tosh kasalligida ichiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gilos - darddan etar xolos