12:55 / 16.06.2019
6 221

Oromijon muzqaymoqning siz bilgan va bilmagan haqiqatlari

Oromijon muzqaymoqning siz bilgan va bilmagan haqiqatlari
Yozning jazirama kunlarida chanqoqbosdi ichimliklar, sarxil mevalar, ayniqsa, muzqaymoq isteʼmol qilishning gashti oʻzgacha. Kattayu kichikka birdek xush yoquvchi bu mahsulot bir qator foydali xususiyatlarga ega. Uning tarkibida oqsil, fosfor, kalsiy hamda A, V, S, D, Ye vitaminlari mavjud. Bu kabi darmondorilar, xususan, V6 vitamini xotirani charxlash, koʻp hollarda esa yurak faoliyatini yaxshilab, orga-nizmda tosh yigʻilishiga yoʻl qoʻymaydi.

Bir kilogramm muzqaymoq tarkibida oʻrtacha 1900 kilokaloriya bor. Bu esa oshqozon jarrohligini oʻtkazgan bemorlar uchun juda foydali. U organizmda tez hazm boʻlishiga qaramay, semirishni xohlaganlarga yaxshi yordam beradi. Asosan, sut va qaymoq aralashtirib tayyorlangan muzqaymoqlar tarkibida asab tizimini tinchlantiruvchi tibtofan moddasi mavjud. Nemis olimlarining kuzatuvlari asosida shu narsa isbotlandiki, u haqiqatan ham asabni tinchlantirib, kishiga xush kayfiyat bagʻishlaydi. Yana shuni aytish joizki, muzqaymoq uyqusizlikda ham yaxshi foyda beradi.

Yozning jazirama issigʻidan koʻnglimiz behuzur boʻlib, soya-salqin joy izlab qolamiz. Ana shu paytda tanangizga tetiklik baxsh etuvchi salqin ichimliklar yoki muzqaymoq joningizga oro kiradi. Shu Bilan birga Ushbu huzurbaxsh mahsulot oʻzining gʻayrioddiy tarixi bilan olimlarni lol qoldirgan. Quyida muzqaymoq haqidagi tarixiy va tibbiy faktlarni ham keltirib oʻtmoqchimiz.

Butun dunyoda mingdan ziyod muzqaymoq turi mavjud. Yoz kelishi bilan hamma muzqaymoqni xush koʻrib tanavvul qilishi sir emas. Muzqaymoqning eng keng tarqalgan turi — vanilindan tayyorlaganidir. Iqtisodchilarning hisob-kitobiga koʻra, bir yilda butun dunyo boʻyicha 7,5-11 millard dollarlik muzqaymoq ishlab chiqarilar ekan. AQSHda iyul oyi rasman 1984-yildan boshlab prezident Reygan tomonidan “muzqaymoq oyi” deb qabul qilingan. Aynan shu oyda muzqaymoqlar sharafiga katta bayramlar oʻtkaziladi.

Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin muzqaymoq ishlab chiqadigan kompaniyalar bor. Yil davomida bir kishiga 8 litr muzqaymoq ketar ekan. Dunyo boʻyicha eng koʻp muzqaymoq Amerikada isteʼmol qilinadi. Eng yirik mevali muzqaymoq Kaliforniyada tayyorlangan boʻlib, uning boʻyi 3,7 metrga teng boʻlgan. Gippokrat yashagan davrlardayoq muzqaymoq sogʻlikni mustahkamlovchi va kayfiyatni koʻtaruvchi mahsulot hisoblangan.

1843-yilda angliyalik Nensi Jonson qoʻlda tayyorlanadigan muzqaymoqni ixtiro qildi va unga patent oldi. Lekin uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi uchun mablagʻi boʻlmay, amerikaliklarga sotib yuboradi. Shunday qilib 1851-yilda Baltimorda birinchi muzqaymoq ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi. 1852 — 1870-yillar. Parijda muzqaymoqli stakanchalar va plombir, Italiyada — muzqaymoqning antiqa turlari: mevali, yongʻoqli, likyorli, pechenyeli va hattoki gullilari, Avstriyada esa qahvali va shokoladli muzqaymoqlar kashf etildi.

1897-yil 1-fevraldan Alfred Krall tomonidan muzqaymoqning oʻlchami va maxsus qoshiqchasi uchun patent olingan. 1904-yilda Sent-Luis shahrida xalqaro muzqaymoqlar koʻrgazmasi oʻtkazilib, unda ilk bora vafli stakanli muzqaymoqlar ham ishtirok etdi. 1919-yilda Ayova shtatidagi oʻqituvchi Kristian Nelson tomonidan yangicha uslubda tayyorlangan va yangicha koʻrinishga ega boʻlgan shokoladli muzqaymoq ishlab chiqarildi.

1922-yili 24-yanvardan biz bilgan mashhur eskimo muzqaymogʻiga Nelson tomonidan asos solindi. U oʻzining mahsulotini har bir shaharga olib yurib sotdi. “Kichkina piro eskimo” — “eskimo-pay” soʻzlari qisqartirilib, odamlar tilida “eskimo”ga aylanib ketgan. Dunyodagi eng qimmat muzqaymoq 60 ming dollarga baholangan boʻlib, u Kilimanjaroda tayyorlangan.

Isfandiyor BURGUTBOYEV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oromijon muzqaymoqning siz bilgan va bilmagan haqiqatlari