Yakshanba. Ko‘pchiligimiz bu kuni kayfiyatning tushishini his etamiz, bari kundek ravshan: yangi ish haftasidan oldingi so‘nggi dam olish kuni. E’tiboringizga oson bo‘lmagan ish kunlariga moslashishning 6 usulini taqdim etamiz.
1. Ortga surmaslik!
Barchamiz dam olish kunlarini yaxshi ko‘ramiz, biroq tugallanmagan ishlar kayfiyatimizni tushiradi. Uy vazifasini yakunlash, uyni tozalash, do‘konga borib kelish… oxiriga yetkazilmagan barcha ishlar bajarilishi lozim! Har juma kuni dam olish kunlarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar ro‘yxatini tuzing va ularni bajarishga mas’uliyat bilan yondashing. Ana shunda dushanba kuni barcha ishlarga ulgurganingiz uchun o‘zingizdan minnatdor bo‘lasiz. Endi esa uydagi bajarilmay qolib ketgan ishlar haqida o‘ylamay, ishga kirishsangiz ham bo‘ladi.
2. Bir hafta uchun ro‘yxat
Juma kunigacha yakunlash kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tayyorlang. Agar kundalik daftaringiz bo‘lmasa, uni xarid qiling. Har bir kun uchun vazifani yozish orqali hayotingizni ancha osonlashtirasiz. Bu ro‘yxat hech bir vazifani nazardan qochirmaslik, shuningdek ustuvorliklarni belgilash imkonini beradi.
3. Kiyishga kiyimim yo‘q!
Dushanba kuni kuzatiladigan mashhur muammolardan biri, shunday emasmi? Kiyimlaringizni bir hafta uchun oldindan tayyorlang. Bu erta tongda ishga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtni tejab, asablaringizni asraydi. Bu kabi fikrlash tarzi kiyimlarni yuvish yoki dazmollash haqida unutgangan bo‘lsangiz, ularni ham yodga soladi.
4. Bir haftalik tushlikni rejalashtiring
Bir haftalik menyuni oldindan rejalashtirsangiz, hayotingizni bir necha ming marta osonlashtirgan bo‘lasiz. Tovuq go‘shti, sabzavotlarni oldindan tayyorlab, kundalik porsiyalarga ajratib, maxsus idishlarga solib qo‘yish mumkin. Albatta, har kuni bir xil taomlar bilan ovqatlanish to‘g‘ri emas, biroq ayrim mahsulotlarni o‘zgartirib, asosni tayyorlab olish mumkin.
5. Sumkadagi tartib
Hafta so‘ngiga kelib, sumka, ryukzak yoki hatto cho‘ntaklar ham tartibsiz holga kelishi mumkin. Ularda hech kimga kerak bo‘lmagan ruchkalar, usta xizmati aks ettirilgan tashrif qog‘ozlari, sovg‘a kuponi va boshqa narsalar bo‘ladi. Dangasalik qilmang va yangi haftani boshlashdan avval ularning yarmidan ko‘pi sizga kerak emasligini ko‘rasiz.
6. Ish muhiti
Yangi hafta oldidan ish joyingizni tayyorlang va optimallashtiring. Keraksiz buyumlar, qog‘ozlarni olib tashlang. Yarim yil davomida e’tiboringizga loyiq bo‘lmagan buyumlar hech qachon kerak bo‘lmaydi, bor-yo‘g‘i ish joyingizni egallaydi xolos.
Ishoning, yuqorida aytilgan maslahatlardan bittasini bajarsangiz ham hayotingizni ancha yengillashtirasiz va bu yangi haftani maksimal darajada qulay boshlashga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi