19:00 / 28.05.2019
4 704

Bir haftada kuniga 3 tadan xurmo iste’mol qilsangiz tanangizda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Bir haftada kuniga 3 tadan xurmo iste’mol qilsangiz tanangizda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Xurmo supermahsulotlarga kirmasa ham o‘zining foydali xususiyatlari bo‘yicha ularga ancha yaqin. Uning tarkibida salomatlik uchun zarur moddalar ko‘pki, muntazam iste’mol qilish muhim. Mevani bir hafta davomida iste’mol qiling. Tanangizdagi o‘zgarishlarni esa o‘zingiz his etasiz.

AdMe.ru xurmoning foydali jihatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Umid qilamizki, ular bilan tanishgach, mahsulotni ratsioningizga kiritasiz.

1. Suyaklar holati yaxshilanadi
Shimoliy Dakota universiteti fan doktori va professor Juliya Garden-Robinsonning so‘zlariga ko‘ra, xurmo tarkibidagi bor suyaklarni mustahkamlaydi. Boshqa tadqiqotlarda esa quruq mevalar, jumladan, xurmo tarkibida fosfor, kaliy, magniy va boshqa minerallar katta miqdorda. Bu moddalar suyaklarni mustahkamlaydi va osteoporoz hamda boshqa kasalliklarga qarshi kurashda yordam beradi.

2. Ovqat hazm qilish yaxshilanadi
Xurmo ovqat hazm qilishning normal faoliyati uchun zarur bo‘lgan tolalarga boy. Ular ich qotishining oldini olib, ichaklarning tozalanishiga hissa qo‘shadi. British Journal of Nutrition jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalari xurmo iste’mol qiladigan kishilarning ovqat hazm qilish tizimi ularni iste’mol qilmaganlarga qaraganda yaxshiroq ishlashini ko‘rsatgan.

3. Xurmo zo‘riqish va depressiyaga qarshi kurashda yordam beradi
Xurmo tarkibida V6 vitamini bor. U organizmga seratonin va noradrenalin ishlab chiqarishda yordam beradi, u miya salomatligini yaxshilaydi. Seratonin kayfiyatimizni nazorat qilsa, noradrenalin zo‘riqishga qarshi kurashadi.

Bu tadqiqot organizmda V6 vitaminining past darajasi depressiya rivojlanishi omillaridan biri ekanligini aytadi. Bu vitaminni qancha ko‘p iste’mol qilsak, o‘zimizni ham jismonan va ruhan yaxshiroq his qilamiz.

4. Quvvat beradi
Kletchatka kaliy, magniy, vitamin va antioksidantlarga boy. Bu esa ularni tamaddi uchun ideal yegulikka aylantiradi. Fruktoza va glyukoza miqdori yuqori bo‘lgani uchun ular organizmni shakar bilan to‘yintiradi va quvvat beradi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari esa xurmo quvvat darajasini oshiribgina qolmay, organizmga mashg‘ulotlardan keyin tezda tiklanishda yordam berishini ham ko‘rsatgan.

5. Yurak kasalliklarining oldini olishda yordam beradi
Tadqiqot davomida olimlar xurmo triglitserid darajasini kamaytirib, organizmdagi oksidlanish jarayonlarini sekinlashtirishi haqida xulosa qilishgan. Bu esa o‘z navbatida yurak qon-tomir kasalliklari, xususan ateroskleroz rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.

Bundan tashqari, mahsulot kaliyga boy, demak u arterial qon bosimni pasaytirish va insult xavfini kamaytirishda yordam beradi.

6. Yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi
Xurmo ovqat hazm qilish tizimi va ichaklarni zararli bakteriyalardan himoya qilib, ularning yo‘g‘on ichakka tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Ovqatlanish fanlari departamenti tadqiqoti mevani muntazam iste’mol qilgan kishilar organizmida yo‘g‘on ichakni saraton hujayralari rivojlanishidan himoya qiladigan foydali bakteriyalar ko‘p bo‘lishini ko‘rsatgan.

7. Mavsumiy allergiya belgilarini yengillashtiradi
Har yilgi allergiyaga AQShning o‘zida 30 million kishi duchor bo‘ladi. Ayrim mahsulotlar, xususan xurmo yoqimsiz belgilarni yengillashtirishda yordam beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar xurmo palmalari allergiyadan aziyat chekadiganlarda yallig‘lanish belgilarining paydo bo‘lishini kamaytirishini ko‘rsatgan.

8. Ozishga hissa qo‘shadi
Meva ozishni istaganlar uchun ham foydali. Birinchidan, xurmo tarkibida uzoq vaqt davomida to‘qlikni his etishga majbur qiladigan oziq tolalari mavjud. Bundan tashqari, kuchli ochlikni chaqiradigan qondagi glyukoza ko‘rsatkichining o‘zgarishining oldini oladi.

Ikkinchidan, xurmo tarkibida antotsian, fenol va karotinoid kabi ko‘plab antioksidantlar mavjud. U organzmni zaharli moddalardan xalos etadi, ovqat hazm qilish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi va natijada vazn yo‘qotilishiga olib keladi.

Siz ham xurmoni yaxshi ko‘rasizmi? Uning foydali xususiyatlarini his etganmisiz?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir haftada kuniga 3 tadan xurmo iste’mol qilsangiz tanangizda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?