20:11 / 30.05.2019
4 442

«Ertug‘rul»ni ko‘rib, soqol qo‘yish xayolimning bir chetiga ham kelgani yo‘q, chunki...

«Ertug‘rul»ni ko‘rib, soqol qo‘yish xayolimning bir chetiga ham kelgani yo‘q, chunki...
Uzoq davom etgan Turkiyaning «Ertug‘rul» serialidan nimalarni o‘rgandim?
- Yagona Allohga suyanish;
- Har birini o‘ylab, reja asosida bajarish;
- Har bir ishida dini va xalqining manfaatini ko‘zlash;
- Vatanparvalik;
- Xalqparvarlik;
- To‘g‘ri so‘zlik;
- Halollik;
- Shijoat.

Yana nimalardir qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Haqiqat shuki, «Ertug‘rul»ni ko‘rib, soqol qo‘yish xayolimning bir chetiga ham kelgani yo‘q. Chunki erkak kishining soqol qo‘yishini «Ertug‘rul»dan oldinroq tarafdori bo‘lganman. «Ertug‘rul»dan oldin ko‘rgan turk serialim «Qashqirlar makoni» bo‘lgan. Bu serialda soqol qo‘yganlarni eslay olmayman.

Rahbar odam erkak kishini soqol qo‘yishni qayerdan o‘rganganini o‘rganganidan ko‘ra, muhimroq ishlari borligini yosh bola ham bilsa kerak.

Aytgancha, hamma rahbarlarimizga bo‘sh vaqtlari bo‘lganida «Ertug‘rul» serialini ko‘rishni tavsiya qilaman. Bu serialda kasbidan kelib chiqqan holda o‘rganadigan jihatlar juda ko‘p. Eslaganlarimni yuqorida sanab o‘tdim, eslay olmaganlarimni serial ko‘rish davomida bilib olishadi. Katta ehtimol bilan o‘rganadiganlari orasida soqol qo‘yish bo‘lmaydi, aslida bizga bu muhim emas.

Yuqorida sanab o‘tganlarimni o‘rganib, o‘zlariga, kasblariga singdirishsa, xalqimiz bundan ko‘p manfaat olar edi. Aytgancha, endi turk serialidan nimanidir o‘rganamizmi, demang, «Ertug‘rul» tarixiy serial. Ertug‘rulning o‘zi nafaqat turk, balki Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududidan ko‘chib ketgan xalqdir.

Furqatbek NIShONOV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Ertug‘rul»ni ko‘rib, soqol qo‘yish xayolimning bir chetiga ham kelgani yo‘q, chunki...