16:42 / 14.06.2019
3 892

Quyosh nuri ta’siridan saqlovchi mahsulotlarni bilasizmi?

Quyosh nuri ta’siridan saqlovchi mahsulotlarni bilasizmi?
Oftobda uxlab qoldingizmi? Yoki baliq ovida o‘ljani miq etmay kutdingiz va qizil tanliga aylandingizmi? G‘alla mavsumi boshlandimi? Umuman olganda, shahar hududida avtomobil haydab ham xuddi shu natijaga «erishish» mumkin. Tabiat qonuniga asoslansak, ma’lum vaqt o‘tib teri yangilanadi va o‘z holiga qaytadi.

Biroq, ba’zi holatlarda qoraygan qatlam kengroq yoyilishi va qo‘rqinchli ahvolga kelishi ham uchrab turadi. Bundan tashqari, oftobdan kuyish yoki quyosh ostida juda ko‘p vaqt davomida harakatlanish teri saratonini qo‘zg‘atishi ehtimoli katta. Shuning uchun eng yaxshisi oldini olish, agar allaqachon kech bo‘lgan bo‘lsa-chi...

Sutli vanna

Agar shaxsiy fermaga ega bo‘lsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noda tushunishingiz ham mumkin. Sut yallig‘lanish xavfini kamaytiruvchi va kuygan teri yaralarni bitiruvchi oqsil qatlami hosil qiladi. Zararlangan tana o‘lchamiga qarab tabiiy mato olamiz va sut bilan namlab, yaraga bosamiz. Namlik yo‘qolmaguncha ushlab turish lozim.

Kartoshka

Bu metod G‘arbiy Yevropa va AQShda keng tarqalgan (sababi noma’lum). Qo‘llash usuli: tozalangan xom kartoshkani blenderda pasta holiga kelguncha aylantiramiz va non shaklida kuygan joyni yopamiz. Qurib qolgach yuvib tashlash mumkin. Biroq, bo‘yindan boshlab belgacha kuygan katta hajmdagi yara uchun qancha kartoshka sarf bo‘lishini tasavvur qilish qiyin.

Makkajo‘xori kraxmali

Qizarish va og‘riqni bosishda makkajo‘xori kraxmali va ichimlik sodasi aralashmasi (3:1) qo‘l kela oladi. Uni bo‘tqa holiga kelguncha suv bilan aralashtiramiz va tanaga bosamiz. Qurishini kutib, so‘ng yaxshilab yuvib tashlash kerak, chunki keyinchalik quruqshash alomati uchrashi mumkin. Ushbu usulni faqatgina tozalangan tanaga surtish kerak, ishqalab surtish esa qat’iyan taqiqlangan.

Suli yormasi (ovsyanka)

Bo‘tqaning bu turida antioksidant ta’sirga va yallig‘lanishni samarali kamaytiruvchi avenantramidlar bor. Davolash uchun suli yormasini un holiga kelguncha maydalanadi va bir stakan miqdor bilan vanna qilinadi.

Muzlatilgan mevalar va muz

Bu, nazarimizda, og‘riqni bosish va mushaklarni yengillashtirishning eng oddiy usuli. Asosiysi muzni tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ymaslik kerak, sochiqdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noqulay tarafi ozroq vaqt o‘tib suv oqa boshlaydi. Shu sababli, muzli sochiqni muntazam almashtirib turish kerak. Bu bilan yarani muzlatib, asoratlarni og‘irlashtirishning oldi olingan bo‘ladi.

Salat bargi

Salat bargini qaynoq suvga solib, 10-15 daqiqa ushbu haroratda ushlab turiladi. So‘ng tabiiy matoni sovutilgan qaynatma bilan namlaymiz va zarar ko‘rgan tana qismiga bosamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quyosh nuri ta’siridan saqlovchi mahsulotlarni bilasizmi?