16:53 / 17.06.2019
4 947

Qovurilgan kartoshka iste’mol qilishning asosiy xavfli jihati aniqlandi

Qovurilgan kartoshka iste’mol qilishning asosiy xavfli jihati aniqlandi
AQSh, Italiya, Ispaniya hamda Buyuk Britaniyaning bir guruh olimlari qovurilgan kartoshka iste’mol qilish erta o‘lim xavfini tezlashtirishini aniqladi. Tadqiqot maqolasi American Journal of Clinical Nutrituon jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar bunday qarorga 4400 nafar ko‘ngillilarni sakkiz yil davomida kuzatishdan so‘ng keldi. O‘tgan davr mobaynida 236 nafar bemor olamdan o‘tgan.

Olimlar asosiy e’tiborni ovqat iste’mol qilish odatlariga qaratdi va haftasiga eng kamida ikki porsiya qovurilgan kartoshka yeyish erta o‘lim xavfini ikki martaga oshirishini aniqladi. Ta’kidlanishicha, qaynatilgan yoki pishirilgan kartoshkada bu kabi xavf mavjud emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qovurilgan kartoshka iste’mol qilishning asosiy xavfli jihati aniqlandi