14:47 / 18.06.2019
3 999

Turkmaniston prezidentining oʻgʻli hokim boʻldi

Turkmaniston prezidentining oʻgʻli hokim boʻldi
Foto: “360tv.ru”
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, prezident Axal viloyati sobiq rahbari Shohrat Amangeldiyevni boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etgan.

Serdar Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayotgandi. Axal viloyati mamlakatning janubida joylashgan boʻlib, Turkmanistonning besh viloyatidan biri hisoblanadi.

Serdar Berdimuhemedov 1981-yilda tavallud topgan. Niyozov S.A. nomidagi Turkmaniston qishloq xoʻjaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Serdar — Turkmaniston prezidentining yagona oʻgʻli. U 2016-yili mamlakat parlamentiga saylanib, siyosatga kirib kelgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Turkmaniston prezidentining oʻgʻli hokim boʻldi