16:53 / 24.06.2019
4 967

Qondagi gemoglobin darajasini oshiradigan o‘simlik qaysi?

Qondagi gemoglobin darajasini oshiradigan o‘simlik qaysi?
Qichitqi o‘tning foydali jihatlari haqida ko‘p gapirishadi. Masalan, shveysariyalik olimlarning aytishicha, ushbu o‘simlikdan tayyorlangan sharbat ko‘plab kasalliklarga davo ekan.

Shu bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bunday ichimlik organizmni toksinlar(zaharli moddalar)dan tozalash va qonda gemoglabin darajasini oshirishga ijobiy ta’sir o‘tkazishi aniqlandi. Sharbat organizmda modda almashinuvini faollashtirish xususiyatiga ega, buning natijasida qon tozalanib, to‘yinadi, shlaklarni chiqarib yuboradi, barcha tana a’zolari va tizimlar yaxshi ishlaydi.

Bundan tashqari, qichitqi o‘t sharbati qishdagi silla qurishi, vitamin yetishmovchiligi, kamqonlik, teridagi yuqumli bo‘lmagan toshmalar, shuningdek, migrendan forig‘ bo‘lishga yordam beradi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, har kuni mana shunday sharbat bilan davolanish suyaklarni mustahkamlash, jigar, siydik pufagi, nafas yo‘llarini tozalash, asab tizimini tinchlantirishda juda foydalidir.

Mazkur mahsulot modda almashinuv jarayonlarini tezlashtirgan holda, ateroskleroz, bod, podagra, qandli diabet paytidagi holatni yaxshilaydi.

Manba: "Xalq so‘zi"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qondagi gemoglobin darajasini oshiradigan o‘simlik qaysi?