11:05 / 21.07.2019
3 338

"Yolg‘on ishlatmasak iloji yo‘q..."mi?

"Yolg‘on ishlatmasak iloji yo‘q..."mi?
Safvon ibn Sulaym roziyallohu anhudan bunday rivoyat qilinadi: «Rasullulloh sollallohi alayhi va sallamdan so‘rashdi:

– Mo‘min qo‘rqoq bo‘ladimi?
– “Ha” – deb javob berdilar. Yana so‘rashdi:
– Mo‘min baxil bo‘ladimi?
– “Ha” – dedilar. Yana so‘rashdi:
– Mo‘min yolg‘onchi bo‘ladimi?
– “Yo‘q!” – deb inkor qildilar...

Bir tanishimga qo‘ng‘iroq qildim. Qarzi bor edi, shungami olmadi. Qayta-qayta terdim...
Keyin boshqa raqamdan terdim. Xayriyatki, go‘shakni ko‘tardi, menligimni bilgach xijolat bo‘ldi, shekilli:

– Uzr, tahorat qilayotgandim, qo‘ng‘irog‘ingizga javob bera olmadim, – dedi.
– Aka, siz so‘ragan narsani olib kelishdi, qayerga tushurishsin? – dedim. “Tahorat qilayotgan odam” shoshib qoldi:
– Hozir aytaman. Shofyor aka! Moshinani to‘xtatib yuboring. Tushib qolaman...
***
Yana biri. Yonimdagi odam tanishiga qo‘ng‘iroq qildi:
-Qayerdasiz?
-Uydaman...
Bir-ikki savol javoblari bo‘ldi. Banogoh bu kishi "i-ye!!!" deb yubordi. Gaplashayotgan odam yo‘lning narigi betida turardi...
***
Yaqinda bir qishloqda, yo‘l chetida pomidor sotib turgan bola oldida to‘xtadim. Qishloqda bo‘lgani uchun dehqon deb o‘yladim. "Aka, ikki ming ikki yuz so‘mdan olganman, ustiga yuz so‘m foydalanib sotaveraman" dedi. Pulini berib bo‘lganimdan keyin "Yana ko‘proq oladigan bo‘lsangiz kelavering, arzonlatib beraman, hovlida "ogorod"imizda bosilib yotibdi" deydi...

Ona suti og‘zidan ketmagan bola. Jamiyatga aldash bilan kirib kelyapti. Savdogarlarda ko‘p uchraydi. "Yolg‘on ishlatmasak iloji yo‘q. Busiz bo‘lmaydi. Tirikchilik uchun majburmiz aldashga" deydi. O‘rinbosarlari, farzandlarini shu yo‘sinda tarbiyalab, voyaga yetkazadi.

Suhbat ko‘p. Gap ko‘p. Oralarimizda tez-tez uchrab turadigan, qon-qonimizga singib ketgan yolg‘onlar ko‘p. Buning natijasida rost bo‘lsa ham suhbatdoshlar bir-biriga gumonlar aro munosabatda bo‘ladi...
Salim AYYuBIY

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Yolg‘on ishlatmasak iloji yo‘q..."mi?