11:57 / 21.07.2019
3 676

Aldov yo‘li bilan olgan pullarimni qanday qaytarsam bo‘ladi?

Aldov yo‘li bilan olgan pullarimni qanday qaytarsam bo‘ladi?
Savol
Assalomu alaykum, ustoz!

Savolim bor edi. Men, yaqin 4-5 oy oldin, onlayn qimor - totalizator o‘ynar edim, sport musobaqalariga pul tikar edim. Alhamdulillah, hozir iymonga qaytganman, namozlarim ham o‘rnida.

O‘sha eski paytlarda, bir harom ishga qo‘l urgandim. 3-4 kishidan 40-45 ming pulni aldov yo‘li bilan olgandim. Hozir es-hushimni taniganimda esa, ularni topa olmayapman. Pullarini qaytarmoqchi edim.

Ustoz haromdan qo‘rqyapman, ulardan olgan pulni qanday qaytarishni bilmayapman. Bunday vaziyatda nima qilsam bo‘ladi?

Javob
Alloh to‘g‘ri yo‘lda sobit qilsin! O‘sha olgan pullaringizni saqlab qo‘yib, ularni izlashda davom etasiz. Agar topsangiz qaytarasiz.

Agar ko‘chib ketganlari yoki vafotlari sababli, qarzni qaytarishdan umidsiz bo‘lsangiz, mablag‘ni muhtojga sadaqa qilasiz, egalarining haqqiga duoda bo‘lasiz va o‘zingiz qilmishingiz uchun qattiq tavba qilasiz.

Alloh yanada biluvchiroq.
Mubashshir Ahmad

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aldov yo‘li bilan olgan pullarimni qanday qaytarsam bo‘ladi?