15:47 / 05.08.2019
4 615

Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday kechadi?

Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday kechadi?
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturida intervyu berdi. Unda u prezident matbuot xizmati rahbari sifatida ishlagan vaqtida Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday ko‘rinishda bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi.

«Ish kuni 9-9.30dan boshlanadi va noma’lum vaqtda tugaydi. Biz har doim gapirganmiz: «O‘zingizni ehtiyot qiling, iltimos. Siz juda ko‘p ishlayapsiz». Prezidentning ish kuni biz tayyorlagan dayjestlar, turli xil ma’lumotnomalar bilan tanishishdan boshlanadi, keyin qabullar, uchrashuvlar, yig‘ilishlar, jadval bo‘yicha boshqa tadbirlar bilan kechadi. Uyga juda kech qaytganmiz hamda bu dam olish kunlarisiz bo‘lgan. Aftidan, to‘planib qolgan muammolar hatto biroz bo‘shashishga ham imkon bermaydi.

Bu, ehtimol, mamlakatimizni yaxshi tomonga o‘zgartirish istagidan kelib chiqadi. Yig‘ilib qolgan muammolar va ularni tezroq hal qilish hamda mamlakatimizni yangi darajaga ko‘tarish istagi tinchlik bermaydi hamda ulkan energiya bilan ta’minlaydi. Biz prezidentga yetib ololmasdik. Prezidentdan yosh bo‘lsam ham juda charchardim. Ular shu qadar g‘ayratliki, men kabi yana 10 kishini yarim yo‘lda qoldiradilar. Ayniqsa, viloyatlarga safar qilganimizda. 8.30da aeroportda bo‘lishimiz kerak edi, buning uchun esa 6.30-7.00da uyg‘onishimiz lozim. Yarim soat ichida yetib kelardik, prezident - 8.30da. Samolyotga o‘tirib, parvoz qilamiz. Yetib kelgach, kortejga o‘tiramiz va juda tig‘iz dastur boshlanadi. U shunchalik tig‘iz ediki, hatto biroz kamroq ham bo‘lishi mumkin edi-ku, deb o‘ylagan edim, lekin prezident har bir daqiqani, shu jumladan, yo‘lda sarflangan vaqt samarali bo‘lishini talab qilardi. Tasavvur qilolmaysiz, biz hatto suv ham, choy ham ichmasdik, taom iste’mol qilmasdik, dam olmasdik. Ish trapdan tushganimizdan, to tungi soat 12gacha to‘xtamasdi.

Buni tasavvur qila olasizmi? Biz juda ham charchar edik, prezident esa juda g‘ayratli. Ular odamlar bilan suhbatlashganda, ularning mehri va qo‘llab-quvvatlashini his qiladilar, bu ularga kuch qo‘shishi hamda ishlashga rag‘bat berishi aniq.

Ob’ektlar aylanib chiqilgandan keyin har doim 3-4 soat davom etadigan yig‘ilish bo‘lardi, sababi juda muhim masalalar hal qilinadi. Biz yarim tunda, soat 12da chiqardik, prezident o‘z xonasiga kirib, 10-15 daqiqa ichida tamaddi qilib olar va televizordan yangiliklarni ko‘rib, mutolaa qilardi. Mana shunday rejim», - deydi Komil Allamjonov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shavkat Mirziyoyevning odatiy ish kuni qanday kechadi?