Stressga yo‘liqmaydigan kishilarning 8 odati

  • 05 avgust 2019, 20:12
  • 1 714
  • Hayot tarzi
  • Stressga yo‘liqmaydigan kishilarning 8 odati
    Ushbu oddiy ko‘nikmalar kamroq asabiylashish va ko‘proq dam olishga yordam beradi.

    1. Yordam so‘rash
    Ko‘nglimiz tusagan narsaga erishishga ba’zida kuchimiz, ba’zida imkoniyatlarimiz kamlik qiladi. Kuchimiz yetmaydigan «yuklar»ning hammasini o‘zimizga ortib olib, haddan tashqari bosimdan aziyat chekib yurmaslik uchun vaqtida yordam oling. Enaga yollang, tozalash xizmati ko‘rsatuvchi kompaniyaga murojaat qiling yoki uyga tayyor ovqat buyurtma qilish mumkin. XXI asrda hamma ishni o‘zingiz qilishingiz shart emas.

    2. Sog‘lom hayot tarzini yuriting
    Hammasi oddiy: to‘g‘ri ovqatlanish, vaqtida uxlash, jismoniy mashqlar va o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lish bosimni kamaytirishga va stressga qarshi turishga yordam beradi. Yana bir maslahat: sog‘lom hayot tarzini yurita olmaganda ko‘p xavotir bo‘lmaslik kerak.

    3. Hissiy holatingizni nazorat qiling
    Odamlar temirdan yaratilmagan: ba’zida yumushlarimiz shunchalik ko‘payib ketadiki, barchasini o‘z o‘rnida bajarish shunchaki ilojsiz. Kuchingiz tugab borayotgani, ammo hayot sizga baxt ulashishdan to‘xtab qolganini sezishni boshlagan bo‘lsangiz, uning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishini kutishni bas qiling. Terapevt qabuliga yoziling yoki muammolaringiz haqida hech bo‘lmasa do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ayting.

    4. Quvvat manbalaringizni vaqtida to‘ldiring
    Doimiy tarzda insonlar bilan muloqotda bo‘lish va kuchli mehnat sarf etuvchi sharoitda ishlash ko‘p vaqt o‘tishiga ulgurmasdan har qanday baquvvat odamni ham holdan toydiradi. Ammo kamdan-kam odamlar o‘zlari uchun hordiq tashkil qilishadi: kunni to‘liqligicha o‘ziga bag‘ishlash faqat bemorlarga va mehnat ta’tilidagi odamlar uchun mo‘ljallangan.

    Bu to‘g‘ri yondashuv emas. Hordiq uchun kamdan-kam vaqt ajratsangiz, emotsional zo‘riqishlarga uchray boshlaysiz, organizmdagi zaxira esa soat sayin kamayib boradi. Natijada miya va tana o‘z nasibasini oladi: qaysidir jismoniy yoki ruhiy kasallik paydo bo‘ladi. Eng yaxshisi doimiy ravishda dam olish daqiqalari va uyqu kunlarini uyushtirib turing.

    5. Shaxsiy intizom
    Stresslar, xususan, qandaydir maqsad yo‘lida iloji boricha ko‘proq ishga ulguraman deb tirishib harakat qilganimizda yuzaga keladi. Oxir-oqibat takroriy birxillikdan so‘ng asablar taranglashadi, qo‘yilgan marra esa quvvatimiz kamayib borgani sababli bizdan uzoqlasha boradi.

    Shaxsiy intizom ushbu muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganib, reja tuzish va unga amal qilishni uddalasangiz, stress darajasi ancha kamayadi. Siz o‘z maqsadingi sari qadamba-qadam yaqinlashib ishga oid va boshqa maishiy muammolaringizdan xalos bo‘lib borasiz. Nimagadir erishish uchun boshqa biror nimadan voz kechish kerakligini sizga eslatish shart emas.

    6. Bemorlik ta’tilini oling
    Kasal holida ham ishga borishni davom ettirish — fidokorlikning alomati emas, uzoqni ko‘ra olmaslik belgisidir. Bu kabi odamlar kasallikni nafaqat hamkasblariga yuqtirishdan tashqari uni qaytalanuvchi holatga keltirib qo‘yishadi va salomatlik yo‘qotiladi. Aslida organizm uchun bemorlik holati katta stress bo‘lib, bu davrda unga tinchlik va muolajalar zarur.

    Mabodo ahvolingiz yomonlashsa, bemorlik ta’tilini olish imkoniyatingizdan foydalaning. Ish kutib turadi, kasallik e’tiborga olinmasa vaqt o‘tgani sayin avj olishi muqarrar.

    7. Ko‘p ikkilanmang
    Tajribalarga asoslansak, hayotda ikkilanib o‘tiruvchilardan ko‘ra urinib ko‘ruvchilar ko‘proq muvaffaqiyatga erishishadi.

    O‘ylab o‘tirishga ko‘p vaqt sarflab barcha ijobiy va salbiy tomonlarni hisoblab chiqquningizgacha boshqa bir tavakkalchi o‘rningizni egallab olishga ulgurishi mumkin. Bu kabi odamlarning harakatlari bexato bo‘lmasa-da, ular tez fursatda tajriba yig‘ishadi va noma’lum narsalardan qo‘rqib o‘tirishdan qutulishadi.

    8. Hayotdan rohatlaning
    Umuman olganda, zavq va xursandchilikka erishish uchun unga loyiq bo‘lish kerak. Uzoq yillik mehnat tajribasiga erishib, bir etak bolalarni oyoqqa turg‘izgandan keyin nafaqada hayotdan zavqlanishni o‘rganish bema’nilikdir.

    Stressga qarshi turishda o‘zida kuch topa oladigan odamlar hayotdan lazzat olishni ham yaxshi bilishadi. Ular nazoratda ushlab turishni uddalay olmaydigan narsalari haqida qayg‘urishmaydi, o‘zlari yoqtirmaydigan takliflarni rad eta olishadi va shuningdek sevimli mashg‘ulotlari uchun vaqt ajratishni qoyillatishadi.

    Rohat bilan yashashni boshlash uchun qandaydir maxsus shartlar kerak emas. O‘zingizga shuni ravo ko‘rishingiz yetarli.

    Manba: Kun.uz

    » » Stressga yo‘liqmaydigan kishilarning 8 odati