11:59 / 06.08.2019
5 000

Issiq yoki sovuq — qo‘lni qanday suvda yuvgan ma’qul?

Issiq yoki sovuq — qo‘lni qanday suvda yuvgan ma’qul?
Foto: «Pixabay»
Odamlarni qaysi suvdan foydalanish gigiyena nuqtai nazaridan to‘g‘riroq degan savol hamisha qiziqtirib kelgan. Ayniqsa, dalada ishlagandan keyin yoki notoza narsalarni ushlagandan so‘ng qanday suv qo‘ldagi mikroblarni yaxshiroq yo‘qotishi ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Qo‘lni tez-tez yuvsak mikrob va viruslardan himoyalanamiz. Lekin ba’zilar issiq suv sovug‘idan yaxshiroq deyishadi. Shu to‘g‘rimi? Ochig‘i, javobdan hayron qolishingiz tayin.

Xo‘sh, qanday suv bakteriyalarga qiron keltiradi?

Qo‘l qancha ko‘p yuvilsa, shuncha yaxshi. Buni ko‘pchilik biladi. Lekin issiq suv chindan ham samaraliroqmi? Ratger universiteti (Nyu-Jersi shtati, AQSh) olimlari bu jumboqning tagiga yetishdi. Buni qarangki, sovuq suv ham issiq suv kabi shuncha bakteriyani yuvib tozalar ekan.

Tadqiqot rahbari, professor Donald Shaffnerning so‘zlariga ko‘ra, harorat haqida gap ketganda odamlar faqat o‘z sezgilariga tayanishi zarur. Qo‘l yuvayotgan suvning qanchalik issiq bo‘lishi ahamiyatga ega emas, muhimi — jarayonning davomiyligida. Professorning fikricha, teridagi aksar patogenlarni yo‘qotish uchun o‘n soniyalik yuvish kifoya qiladi.

Sovun-chi?

Qizig‘i shundaki, olimlar qo‘l yuvish samaradorligiga nafaqat suv harorati, balki ishlatilgan sovun miqdori ham ta’sir ko‘rsatmasligini aniqlashdi. Tadqiqotchilarning fikricha, odamlar qo‘lini qonun-qoidasi bilan yuvishi darkor.

Biroq britaniyalik ayrim olimlar amerikalik hamkasblarining tadqiqot natijalariga shubha bilan qarashmoqda. Ularning ishonch bildirishicha, faqat issiq suvgina sovundagi tozalovchi substansiyalarni faollashtirib yuboradi: o‘shanda zararli mikroorganizmlar o‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Issiq yoki sovuq — qo‘lni qanday suvda yuvgan ma’qul?