Noqonuniy ulangan tarmoq aniqlandi

  • 10 avgust 2019, 12:07
  • 856
  • Hayot tarzi
  • Noqonuniy ulangan tarmoq aniqlandi
    Energiya resurlaridan oqilona foylanish borasida ommaviy axborot vositalarida xar kuni eslatib oʻtilayotganiga qaramasdan ayrim isteʼmolchilarning tarmoqlariga yashirincha yoki oʻzboshimchalik bilan foydalanish holatlari uchramoqda.

    Xususan, Majburiy ijro byurosi Fargʻona shahar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida, Fargʻona shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan qurilish korxonasiga qarashli Fargʻona shahar Yormozor koʻchasidagi koʻcha chiroqlari elektr energiya tarmogʻiga hech qanday elektr hisoblagichsiz noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga jami 31 mln. 403 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

    Tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida, D.Raxmatillayev davlat manfaatlariga yetkazilgan 31 mln. 403 ming soʻm moddiy zarar toʻliq qoplab, aybiga toʻliq iqror boʻlib, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonlik bildirib, yetkazilgan moddiy zarar toʻlab berilgan.

    » » Noqonuniy ulangan tarmoq aniqlandi