16:04 / 13.08.2019
5 099

Qaysi sovun yaxshi — qattiqmi yoki suyuq?

Qaysi sovun yaxshi — qattiqmi yoki suyuq?
Foto: «VistaNews»
Qattiq va suyuq sovun turli texnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqariladi, shu bois ular konsistensiyasiga ko‘ra farqlanadi. Yana xususiyatiga ko‘ra ham muayyan farqlarga ega. Garchi bu mahsulotlarni bir-birining o‘rniga ishlatish mumkin bo‘lsa-da, kimgadir ko‘proq suyuq, yana kimgadir qattiq turi maqbul. Quyida suyuq va qattiq sovunlar o‘rtasidagi farq, ularning plyus va minus tomonlari haqida bilib olasiz.

Qattiq va suyuq sovuq turlicha tarkibga ega, bundan ularning konsistensiyasi ham darak berib turibdi. Qattiq sovun — tabiiyroq mahsulot, uni turg‘un xom ashyodan tayyorlashadi, shu bois uning tarkibida konservantlar va sintetik moddalar yo‘q. Shunga ko‘ra u teri uchun xavfsizroq, deydi ekspertlar. Suyuq sovun tarkibi tabiiy va sintetik bo‘lishi mumkin — hammasi tarkibiy qismlariga bog‘liq.

Suyuq va qattiq sovun nimadan tayyorlanadi?
Qattiq sovun ishlab chiqarishda natriy tuzi, hayvon va o‘simlik yog‘laridan foydalaniladi.
Suyuq sovun turli yo‘llar bilan ishlab chiqarilishi mumkin.

1. Tabiiy tarkibiy qismlardan (ishqor, o‘simlik yog‘i va hayvon yog‘lari). Tarkibiga ko‘ra bunday sovun bo‘laklisiga yaqin, faqat sovunlanish uchun natriy emas, kaliy tuzi qo‘shiladi.
2. Anion yuzaki-faol moddalar, masalan, palma, shakarqamish.
3. Kation sintetik. Teri o‘ta ta’sirchan bo‘lsa, sovunning bu turi allergik reaksiya berishi mumkin.

Shuningdek, suyuq sovunga ko‘pincha terini namiqtiruvchi tarkibiy qismlar qo‘shiladi (giyohlar ekstrakti, glitserin va hokazo).

Qattiq va suyuq sovun o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Suyuq sovun neytralga yaqin rN ga ega bo‘lib, terini quritmaydi (gap faqat tabiiy suyuq sovunga taalluqli). Agar uning tarkibida sintetika va konservantlar ko‘p bo‘lsa, teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va allergiya chaqirishi hech gap emas.

Qattiq sovun tabiiyligi bilan ajralib turadi, biroq asosiy tarkibiy qismi — natriy tuzi tufayli u ham terini quritib yuborishi mumkin. Boshqa tomondan, qattiq sovunda mikrobga qarshi kurashuvchanlik xususiyati yuqoriroq.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi sovun yaxshi — qattiqmi yoki suyuq?