19:18 / 13.08.2019
6 252

Odam organizmi nega qariydi?

Odam organizmi nega qariydi?
Foto: «Watchme88»
Odam nega qariydi? Olimlar ikki asrdan buyon bu savolga javob topishga urinadi. Shu vaqt ichida ko‘plab nazariyalar ilgari surildi. Ulardan qaysi birlari haqiqatga yaqinroq?

1. Organizmning bakterial intoksikatsiyasi nazariyasi
Mazkur nazariya muallifi — rossiyalik biolog Ivan Mechnikov bo‘lib, u tananing moddalar almashinuvi mahsulotlari bilan zaharlanishi oqibatida odam o‘ladi, deb hisoblagan. Bu mahsulotlar yo‘g‘on ichakda — o‘ziga xos chirituvchi mikroorganizmlar inkubatorida to‘planadi.

Nazariya o‘z tasdig‘ini topmadi. Boz ustiga, keyinchalik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yo‘g‘on ichakda tana uchun betakror aminokislotalar ishlab chiqariladi.

2. Erkin radikallar nazariyasi
Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikkita tadqiqotchi tomonidan deyarli bir vaqtda ilgari surilgan — Denxem Xarman (1956 y.) va sobiq Ittifoq biokimyogari Naum Emanuel (1958 y.). Mazkur nazariyaga ko‘ra, hujayra ishining buzilishiga erkin radikallar sabab bo‘ladi — kislorodning faol shakllari mitoxondriyalarda (hujayralarning energetika fabrikalarida) sintez yo‘li bilan hosil qilinadi. Agar kimyoviy faol (demakki, tajovuzkor) erkin radikal o‘zining o‘rgangan joyini tark etsa, u DNKga ham, RNKga ham zarar yetkazishi mumkin.

Ushbu nazariyaga ko‘pchilik ergashdi, chunki nafaqat qarish mexanizmini, balki unga hamroh patologik jarayonlarni ham izohlab berdi (yurak-qon tomir kasalliklari, immunitet pasayishi, miya funksiyasi buzilishi, onkologik xastaliklar va hokazo). Erkin radikallar nazariyasining yana bir afzalligi — tayyor ziddizaharning mavjudligi. Ushbu nazariyotga ko‘ra, tanaga oziq-ovqat — A, S, Ye vitaminlari bilan tushayotgan antioksidantlar erkin radikallar ta’sirini kamaytirishi mumkin.

Bu tijoriy jihatdan eng foydali nazariyalardan biri bo‘lib, turli vitaminli qo‘shimchalar va BADlar yordamida uning ortidan mo‘maygina pul ishlab olishgan va daromad qilishda davom etishmoqda.

3. Hujayra apoptozi nazariyasi
Rossiyalik akademik Vladimir Skulachev tomonidan ishlab chiqilgan. Apoptoz — hujayralarning dasturlangan halok bo‘lish (o‘z-o‘zini yo‘q qilish) jarayoni. Unga ko‘ra, har bir hujayra o‘zining hayotiy siklini bosib o‘tgach, yo‘qolishi, o‘rnini esa yangisi egallashi zarur. Apoptoz hujayra ehtiyotkorlik bilan nobud bo‘ladi — o‘z-o‘zini qismlarga ajratadi, qo‘shni hujayralar esa keyinchalik undan qurilish materiali sifatida foydalanadi.

Tanada hujayralar tug‘ilishdan ko‘ra ko‘proq o‘lganda qarish boshlanadi, nobud bo‘layotgan hujayralar o‘rnini esa yangilari emas, biriktiruvchi to‘qimalar egallaydi.

Skulachev nuqtai nazariga ko‘ra, keksalikni «o‘chirish» mumkin. Buning uchun hujayra tuzilishi parchalanishiga qarshi qanday harakat qilish kerakligini tushunish zarur. Olim qarish alomatlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan antioksidant ishlab chiqdi.

4. Molekulyar-genetik nazariya
Zamonaviy gerontologiyada eng ko‘p tanilgan nazariya, unga ko‘ra qarishga hujayralarning genetik apparati o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Nazariyaning ichida ikkita tarmoq mavjud. Ba’zilar genlarning qarishga oid o‘zgarishlari nasldan naslga o‘tadi, deyishsa, boshqalar uni tasodifiy mutatsiyalar to‘planishi oqibati deb hisoblaydi.

Manba: Xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odam organizmi nega qariydi?