22:37 / 13.08.2019
3 791

Olimlar saraton rivojlanishi ehtimolini kamaytiruvchi parhezni ma’lum qilishdi

Olimlar saraton rivojlanishi ehtimolini kamaytiruvchi parhezni ma’lum qilishdi
Ketoparhez va tarkibida oz miqdorda uglevodlar bo‘lgan taomlar ortiqcha vazndan qutulishga va saratonning ko‘plab turlari rivojlanishi ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda olimlar Cell Reports jurnalida ma’lum qilishdi.

"Endi biz saraton hujayralarini nafaqat o‘ldiramiz, balki tanadagi glyukoza miqdorini kamaytirib ularning o‘sishini ham sekinlashtira olamiz. Bu kashfiyot o‘smalarga qarshi kurashishga qarashimizni o‘zgartirishga majbur qilishiga ishonaman", — deb ma’lum qildi Texas universiteti olimi Jey Kim.

Ketoparhez fitnes va sport ishqibozlari orasida keng ommalashmoqda. Uning boshqa parhezlardan farqi shundaki, undagi kaloriyalarning asosiy qismini uglevodlar emas, yog‘ va oqsillar tashkil etadi. Bunday almashish miya va tananing boshqa a’zolarini asosiy quvvat manbai sifatida glyukozadan emas, yog‘ kislotalari va ketonlardan foydalanishga majbur qiladi.

Bu mushaklar va miya hujayralarini "quvvat tejash"ning alohida rejimiga o‘tkazadi, natijada mushaklar yanada chidamli bo‘ladi, miya esa sekinroq qariydi. Shu bois bugungi kunda ketonli parhez velosipedchilar, marafonchilar va chidamlilik muhim hisoblanuvchi boshqa sport turlari vakillari orasida ommalashgan.

O‘sma hujayralarining ko‘plab turlari o‘sish signali va asosiy ozuqa manbai sifatida glyukozadan foydalanadi. Kim va uning hamkasblari ketoparhez tanadagi qandni kamaytirib, o‘smalar o‘sishini sekinlashtirishini tekshirib ko‘rishdi.

Olimlar kemiruvchilar tanasiga saraton virusini kiritishdi hamda o‘smalar paydo bo‘lganidan so‘ng ketoparhez va glyukoza molekulalarini yo‘qotuvchi preparatlar yordamida ularning o‘sishini sekinlashtirishga urinishdi.

"Ketoparhez ham, qondagi qand miqdorining kamaytirilishi ham sichqon terisi va o‘pkasidagi saraton hujayralari o‘sishini to‘xtatdi. Bu o‘smani yo‘qotmadi, ammo uning o‘sishiga xalaqit berdi. Bu esa saratonning aksariyat turlari glyukoza ochligiga chidamsiz ekanligini ko‘rsatadi", — deb yozdi Kim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar saraton rivojlanishi ehtimolini kamaytiruvchi parhezni ma’lum qilishdi