23:54 / 13.08.2019
6 918

Tarvuzni kimlar yeyishi mumkin emas?

Tarvuzni kimlar yeyishi mumkin emas?
Qovun-tarvuz mavsumi ayni avjida. Qayoqqa qaramang, tarvuz yoki qovun qo‘ltiqlab ketayotgan odamni uchratasiz. Bozor va do‘konlarda ham eng obro‘li joyni ushbu poliz ekinlari egallagan. Ularni yoqtirmaydigan insonni topish qiyin.

Lekin tarvuz ayrim kishilar salomatligida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik bu mahsulotning qarshi ko‘rsatmaga ega ekanini hatto xayoliga ham keltirmaydi.

Xo‘sh, tarvuz kimlarga taqiqlanadi?

Umuman olganda, sifatli tarvuzni me’yorda iste’mol qilish noxushliklarga sabab bo‘lmaydi. Biroq uni haddan tashqari ko‘p yeb qo‘yish ko‘pchilikda, ayniqsa, siydik ajralishi buzilgan, siydik-tosh kasalligi, prostata bezi adenomasidan qiynalayotgan, shuningdek, operatsiyadan keyin chandiqli jarayonlari bor bemorlarda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, yurak kasalliklari, kolit, oshqozon-ichak yo‘li buzilishida tarvuz iste’molini nazorat qilgan ma’qul. Haddan tashqari ko‘pi ko‘ngil aynishi, ich ketishi, oshqozon buzilishi va qorin shishiga sabab bo‘lishi hech gap emas.

Qonida kaliy miqdori ko‘plar hamda jiddiy giperkaliyemiyasi (qonda kaliy konsentratsiyasi oshishi yurak ritmi buzilishiga olib keladi) borlar kuniga bir bo‘lak (taxminan 150 g) tarvuz bilan cheklaning (bu 140 mg kaliy).

Tarvuzga allergik sezgirlik, juda kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. Bunday vaziyatda ushbu mahsulot iste’moli taqiqlanadi.

Sog‘lom odam uchun kuniga yarim kilogacha tarvuz yeyish me’yor hisoblanadi. Faqat uni bir necha bo‘lakka taqsimlab tanovul qilish lozim: 250-300 grammdan, bundan ortiq emas.

Hazm qilish muammolari kelib chiqmasin desangiz, albatta me’yorga amalga qiling va tarvuzni boshqa yeguliklar bilan aralashtirmang. Deylik, yarimta tarvuzni paqqos tushirdingiz (taxminan 2,5 kg, kichikrog‘ini hisobga olganda), bordi-yu, undan keyin qorin shishi yoki ich ketishi kabi alomatlar paydo bo‘lsa, shifokorga ko‘rining.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tarvuzni kimlar yeyishi mumkin emas?