12:29 / 08.09.2019
4 848

Miya uchun eng foydali va zararli mahsulotlar maʼlum qilindi

Miya uchun eng foydali va zararli mahsulotlar maʼlum qilindi
Inson uchun isteʼmol qiladigan oziq-ovqati butun organizmi, shu jumladan miya faoliyatiga taʼsir koʻrsatadi. Baʼzi mahsulotlarning isteʼmoli miya faoliyatini yaxshilashi, baʼzilari esa unga ziyon yetkazishi mumkin. Bu haqda “Medikforum” nashri yozdi.

Mutaxassislar bunday mahsulotlarni 3 toifaga ajratishgan: miya faoliyatini yaxshilash uchun ratsionga qoʻshish shart boʻlgan, isteʼmoli foydadan xoli boʻlmaydigan va isteʼmol qilish kerak boʻlmagan mahsulotlar.

1-guruhga, yaʼni isteʼmol qilinishi shart boʻlgan mahsulotlarga rezavorlar, yongʻoqlar, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari, zaytun moyi va barra sabzavotlar, ayniqsa koʻkatlar tegishli hisoblanadi.

Foto: Fotolia
Bu mahsulotlarni imkoni boricha koʻproq isteʼmol qilish zarur, chunki ularda saqlanuvchi katta miqdordagi vitaminlar va mikroelementlar hisobiga miyaga taʼsir ijobiy boʻladi.

Shuningdek, ratsionga mevalar, yogʻi kam sut mahsulotlari, parranda goʻshti va boshoqli mahsulotlarni kiritishga eʼtibor qaratish lozim. Ularni har kuni isteʼmol qilish shart emas, biroq ular ham miya faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Mutaxassislar nafaqat miya, balki butun organizm uchun zararli mahsulotlar sirasiga qovurilgan taomlar, qizil goʻsht, yogʻli sut mahsulotlari, yarimtayyor mahsulotlar va tuzni kiritishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miya uchun eng foydali va zararli mahsulotlar maʼlum qilindi