18:50 / 09.09.2019
4 051

Odam havosiz qancha yashashi mumkin?

Odam havosiz qancha yashashi mumkin?
Foto: «Bathactuarial.com»
«RAMBLER»ning yozishicha, uzoq vaqt havosiz qolgan odam uchun eng katta xatar — bosh miyaga kislorod kelmay qolishi, oqibatda — kislorod yetishmovchiligi yuz beradi. Bu o‘z navbatida hushdan ketishga va o‘limga olib keladi.

Biroq ayrim kishilar uzoq vaqtgacha nafas olmay turishlari mumkin. Masalan, hech qanday anjomlarsiz suv tubiga sho‘ng‘uvchi fridayverlar kislorodsiz o‘rtacha 9 daqiqagacha chidashlari mumkin. Bunga ular uzoq vaqt shug‘ullanib erishadilar. Natijada tanasi kislorod tanqisligiga moslashadi: yurak ritmi sekinlashadi, qon qo‘l-oyoqdan hayotiy muhim a’zolarga oqadi.

Suv ostida havosiz turish bo‘yicha mutlaq rekord 2012 yilda olmon dayveri Tom Sitas tomonidan amalga oshirilgan. U kislorodsiz 22 daqiqayu 22 soniya qolgan.
Albatta, bu shunchaki istisno holat. Bu tanamiz biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq ishlarga qodir ekanini tushunishimizga yordam beradi.

Odam havosiz o‘rtacha 2 — 5 daqiqa yashashi mumkin (bu har bir odamning o‘pka hajmiga bog‘liq). Shundan so‘ng kislorod yetishmovchiligi boshlanadi. Bundan esa birinchi bo‘lib miya neyronlari qiynaladi. Markaziy nerv tizimi faoliyati izdan chiqadi va odam halok bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odam havosiz qancha yashashi mumkin?