Qarishni ortga qaytarish mumkinmi?

  • 11 sentyabr 2019, 16:17
  • 1 089
  • Hayot tarzi
  • Qarishni ortga qaytarish mumkinmi?
    Foto: «MAXRESDEFAULT»
    AQSh va kanadalik olimlar guruhi rhGH rekombinant o‘sish gormoni odamlarda epigenetik qarishni qaytarishi mumkinligini isbotlashdi. Bu haqda «MedicalXress» press-relizida xabar berilgan.

    Tadqiqot chog‘ida ko‘ngillilarga DHEA o‘sish gormoni hamda diabetning oldini oluvchi dori berilgan. U preparat qabulidan aks ta’sir sifatida rivojlanishi mumkin. Bir yildan so‘ng to‘qqiz ishtirokchidan yetti nafarida timusda to‘plangan yog‘ning kamayishi kuzatilgan — mazkur a’zoda T-limfotsitlar immun hujayralari yetiladi. Epigenetik markerlar tahlili natijasiga ko‘ra, ko‘ngillilarning hammasi biologik nuqtai nazardan ikki yilga yoshargan.

    Ma’lumki, yoshi o‘tgan sari insonning timusida yog‘ to‘plana boshlaydi, shuningdek, o‘sish gormoni darajasi pasayadi, bu immun reaksiyalarni zaiflashtiradi. 1986 yil kalamushlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, rhGH in’eksiyasi, aftidan, qarish kalamushlar organizmida himoya tizimi faoliyatini yaxshilagan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, gormon timusga qandaydir ta’sir ko‘rsatgan.

    Epigenetik qarishda DNK o‘zgaradi, ya’ni epigenetik omillar sanaluvchi hamda nuklein kislota zanjiri bilan bog‘liq metil guruhlar qayta taqsimlanadi. Metil guruhlar o‘z navbatida muayyan genlarni faollashtiradi yoki o‘chirib qo‘yadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qarishni ortga qaytarish mumkinmi?