Qizimga o‘gitlar

  • 14 sentyabr 2019, 22:50
  • 1 400
  • Hayot tarzi
  • Qizimga o‘gitlar
    Jonim qizim!

    Fidoyi bo‘l, lekin o‘zingni, qadr-qiymatingni, sog‘ligingni hech kim uchun fido etma.
    Mulohazali bo‘l, lekin insonlarni o‘ylashni o‘zingni o‘ylashdan oldinga qo‘yma!

    Shafqatli bo‘l, lekin o‘z shafqating bilan avval o‘zingni quchishni unutma.
    Qalbing mehrga limmo-lim to‘la bo‘lsin, lekin mehrni har istagan uchun berib, o‘zingdan voz kechma.

    Ochiq yuzli bo‘l, lekin qoshlaringni o‘yishing kerak bo‘lgan vaqtda o‘zingni kulishga majburlab, chegarangni bosishlariga yo‘l qo‘yma!
    Davolovchi bo‘l, lekin o‘zing jarohatlamagan yaralarning javobgarligini zimmangga olib, yuragingga zalvor yuklama!

    Bilimli bo‘l, lekin “men hamma narsani bilaman” degan johilona o‘yga yengilib qolma!
    Ehtiromli bo‘l, lekin o‘zini hurmat qilmagan boshqalarni hurmat qilolmasligi haqidagi buyuk haqiqatga orqangni o‘girma!

    Mehnatkash bo‘l, lekin mehnatu mashaqqatga o‘zingni butkul topshirib, g‘animat lahzalarning qiymatini yo‘qotma.
    Bor bo‘lgin, yor bo‘lgin, shod bo‘lginki, bu hayhotday dunyoda sendan bittagina bor! O‘zingdagi “Sen”ni asrab-avayla, go‘zal qizim. Har doim seni shunday duo qilamanki, zinhor o‘zingni yo‘qotma, marvaridim...
    Xadiyja Kubro Tongar
    Tarjimon: Umida Adizova

    Manba: Azon.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qizimga o‘gitlar