Qaysi qon guruhi vakillari ko‘p yashaydi?

  • 23 sentyabr 2019, 23:39
  • 3 142
  • Hayot tarzi
  • Qaysi qon guruhi vakillari ko‘p yashaydi?
    Foto: «sterlegrad.ru»
    Ekspertlar qon guruhi inson umri davomiyligiga ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilishdi. Bu qonning antitanacha, antigen va eritrotsitlar to‘plami xavfli kasalliklarga moyilligini ifodalashi bilan bog‘liq, deya yozadi «Xabar» nashri.

    O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mutaxassislar 1-qon guruhi vakillari eng uzoq umr ko‘rishini aniqlashdi. Aynan ular ko‘pgina kasalliklarga chidamli bo‘lishadi. 2-qon guruhidagilar esa qandli diabet, infeksion va virusli kasalliklarga moyildirlar. Bundan tashqari, ular stress va surunkali charchoq sindromiga duchor bo‘lishadi.

    3-qon guruhi egalari orasida uzoq umr ko‘ruvchilar kamroq. Ular angina, otit bilan ko‘p kasallanishadi. Onkologik xastaliklar esa kam kuzatiladi. Bordi-yu, uchragan taqdirda ham, ko‘pincha oshqozon-ichak yo‘li saratoniga mubtalo bo‘lishadi. Salomatlik bobida 4-qon guruhi vakillarining omadi chopmagan ko‘rinadi. Ular ko‘pincha infeksion kasalliklarga ko‘p chalinishadi va yurak nuqsoni xavfi yuqori turadi.

    Shu o‘rinda yana bir bor yodga solamiz: sog‘likda muammo kelib chiqqanda o‘zboshimchalik bilan davolanmang. Eng avvalo, shifokorga murojaat eting.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qaysi qon guruhi vakillari ko‘p yashaydi?