Foto: «Rambler»
Olimlar inson salomatligini eng kuchli yomonlashtiruvchi omilni aniqlashdi. Bu haqda «Science Alert» nashri xabar bergan. «Rambler»ning yozishicha, bu global iqlim o‘zgarishidir. Birinchi navbatda, ekstremal ob-havo sharoiti va havo haroratining ko‘tarilishi bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, havoning isishi bir qancha dori-darmonlar, jumladan, infuzion eritmalar xavfsizligi va samarasini pasaytirishi mumkin. Umuman olganda, bu ko‘pgina davlatlarda sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini jiddiy yomonlashtiradi.
Shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, bemorlar muolajasi tabiiy ofatlar tufayli uzilib qoladi. Havo holati yomonlashadi, karbonat angidrid gazi tarkibi ortadi. Bu burun shilliq qavati shishiga olib kelishi hamda allergik reaksiyalar xavfini oshirishi mumkin. Ustiga-ustak, allergiklar anomal issiq ob-havo sabab o‘simliklarning ancha paytgacha juda ko‘p miqdorda gul changi ajratishidan qiynalishadi. Allergiya aholining 20 foizida kuzatilishi mumkin. Jazirama chaqaloqlar nafas tizimida zararli qurum va homilador ayollarda vaqtidan oldin tug‘uruq xavfini oshirishi mumkin.
Odam salomatligi uchun iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa asoratlar — teri saratoni, ichak infeksiyasi, suvsizlanish, shimoliy mamlakatlarda tropik kasalliklar, gemorragik bezgak, ruhiy va nevrologik xastaliklar, insultlar tarqalishi qayd etiladi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi butun dunyoda demografik vaziyatning yomonlashishiga olib keladi. Bu esa harbiy ziddiyatlar va baxtsiz hodisalar tufayli jarohatlar xavfini ko‘paytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?