20:19 / 27.09.2019
5 883

Aksirish ne’mati

Aksirish ne’mati
Mutaxassislarning e’tirof etishicha, aksirish bilan vujudimizda quyidagi jarayonlar yuz berar ekan:
– Miya va yurak tomirlari kengayadi;
– Ko‘z yoshi kanallari ochiladi;
– Oddiy nafas olish bilan saqlanib qolgan o‘lik havo chiqib ketadi;
– Yurak millisoniyalar ichida to‘xtab, yana ishga tushadi (ya’ni dam oladi);
– Vujuddagi ba’zi zararli toksinlar tashqariga chiqib ketadi.

Ko‘pchiligimiz jamoat joylarida uyalib, tortinibmi kelgan aksani ortga qaytarishga urinamiz. Vaholanki, aksirish qanchalik foydali bo‘lsa, uni qaytarib qolishning zararlari ham oz emas. Masalan, kishi bir lahzada infarkt bo‘lib qolishi yoki vena qon tomirlari va o‘pkasi kuchli bosimdan yorilishi yo bo‘lmasa, miya tomirlarida tiqin yuzaga kelishi oqibatida falaj (insult) bo‘lib qolishi mumkin. Demak, aksirishni qaytarishga hojat yo‘q, faqat odoblariga amal qilsak, kifoya.

Aksirish asnosida ko‘zlarning yumilishi ham biz uchun katta ne’matdir. Agar yumilmaganida, kosasidan chiqardi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Aksa urish Alloh taolodan, esnash esa shaytondandir. Shuning uchun, qachon birortangiz esnasa, qo‘lini og‘ziga qo‘ysin! Agar (esnagan paytda): “oh, oh” desa, shayton uning ichida kuladi. Alloh taolo aksa urishni yaxshi ko‘radi, esnashni yomon ko‘radi”, dedilar” (Imom Termiziy rivoyati)

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aksirish ne’mati