Erinchoq do‘mboqlar uchun ozishning eng oson usuli

  • 28 sentyabr 2019, 20:02
  • 1 630
  • Hayot tarzi
  • Erinchoq do‘mboqlar uchun ozishning eng oson usuli
    Foto: «Yandeks»
    Mushak massasini oshirish, qonda qand miqdorini barqarorlashtirish orqali xushbichim bo‘lishga yordam beradigan ichimliklar mavjud. Ularni uxlashdan oldin muntazam ichib yursangiz, bir necha kilogramm ortiqcha vazndan qutulishingiz mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri.

    Tuniga bir stakan iliq yoki xona haroratidagi sutni ichib yotish foydali. Ushbu ichimlik tarkibidagi triptofan va kalsiy yaxshi uxlashga yordam beradi. Ma’lumki, uyquga to‘ymaslik yog‘ to‘qimasi ortishiga olib keladi. Ustiga-ustak, sut oqsili mushak massasini mustahkamlaydi.

    Qomati raso bo‘lishga uyquga yotishdan oldin bir stakan uzum sharbati ichish ko‘maklashadi. O‘simlik mevasi tarkibida resveratrol bor. Ushbu tabiiy fitoaleksin oq yog‘ni qo‘ng‘ir yog‘ga aylantiradi: u esa quvvat olish uchun organizm tomonidan sarflanadi.

    Ortiqcha vaznga qarshi kurashishda yana bir ichimlik kefir hisoblanadi. Uning fermentlangan probiotiklari ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada hazm qilish, vitamin va minerallar so‘rilishi yaxshilanadi. «British Journal of Sports Medicine»ning yozishicha, kefir uyquni yaxshilaydi hamda mashg‘ulot samaradorligini oshiradi.

    Ozishga yordam beruvchi ichimliklar ro‘yxatiga ekspertlar moychechak choyini ham kiritishdi. U tez uxlab qolishga ko‘maklashadi, chunki organizmda glitsin neyrotransmitter darajasi ko‘payadi va qonda qand miqdori barqarorlashadi. Bularning bari vazn tashlashga yordam beradi.

    Shubhasiz, ozish uchun universal ichimlik oddiy suv sanaladi. U almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi: bu kelishgan qad-qomat uchun nihoyatda zarur. Tuniga suv ichib yotish uyqu vaqtida tiklanish samaradorligini kuchaytiradi. Faqat me’yorni unutmasangiz bo‘lgani. Tunda haddan tashqari ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erinchoq do‘mboqlar uchun ozishning eng oson usuli