Shifokorlar uzumning foydali xususiyatlarini ma’lum qilishdi.
Uzum danaklarida A, Ye va K vitaminlari, tabiiy moylar saqlanadi. Bu moddalarning barchasi hujayralarning mustahkamlanishi va yoshartiruvchi effektga olib keladi. Shu sababli uzumni danaklari bilan yegan ma’qulroq, shunda u ko‘p foyda keltiradi.
Bundan tashqari, uzumda o‘simlik estrogenlari guruhiga kiruvchi modda – resveratol bor. U qondagi xolesterin va tomirdagi yallig‘lanish jarayonlari darajasini pasaytiradi. Uzumda muhim fenol birikmalar: qahva kislotasi, kversetin va miretsetin mavjud. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, bu moddalar organizmni saraton rivojlanishidan himoyalaydi.
Uzum, shuningdek, barcha tana a’zolariga yaxshi ta’sir qiladi. Undagi biriktiruvchi to‘qima ovqat hazm qilishda yordam beradi, minerallar esa asab tizimiga ijobiy ta’sirga ega. Shifokorlar uzumdan kuniga 150-250 gramm iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, uzumning qoraroq turlarini iste’mol qilgan ma’qulroq, chunki ularda ko‘proq antioksidantlar saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi