Foto: “Yandeks”
Qoʻziqorinni muntazam isteʼmol qilish prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Bu haqda Toxoku Universiteti (Yaponiya) saytida xabar berilgan.
Olimlar oʻn besh yil davomida 40 — 79 yoshdagi qariyb 36,5 mingta erkakning salomatligini kuzatishdi. Ulardan vaqti-vaqti bilan anketa toʻldirishni soʻrashgan. Anketada ovqatlanish taomnomasi, qoʻziqorin isteʼmoli, jismoniy faollik, zararli odatlar, maʼlumoti, oilasi va kasalliklar tarixi borasidagi savollar jamlangan.
Maʼlum boʻlishicha, tajriba ishtirokchilarining 3,3 foizi kuzatuv paytida prostata bezi saratoni bilan kasallangan boʻlgan. Bunda haftasiga bir yoki ikki marta qoʻziqorin isteʼmol qilganlar orasida saratonning rivojlanish xavfi uni umuman yemaydiganlarga nisbatan 8% kamroq boʻlgan. Kuniga qoʻziqorin isteʼmol qilish oʻrtacha 7,6 grammni tashkil etgan. Olimlar fikriga koʻra, sogʻlom boʻlishda yanada yaxshi natijalarga erishish uchun qoʻziqorin isteʼmolini koʻpaytirish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?