10:56 / 09.10.2019
3 099

Shirinlikdan butkul voz kechish qanday kasalliklarga olib keladi?

Shirinlikdan butkul voz kechish qanday kasalliklarga olib keladi?
Foto: «Artfile»
Taomnomadan qandni butunlay chiqarib tashlash, albatta, xushbichim bo‘lishga yordam beradi. Biroq bunday vaziyatda bir qator jiddiy kasalliklar xavfi ko‘payadi, deb yozadi «Xabar» nashri.

Ma’lumki, shirinlikka haddan tashqari o‘chlik sog‘likka ziyon. Biroq taomnomada qand bo‘lmasligining ham xavfi kam emas.

Mana, masalan, taomnomasidan qandni chiqarib tashlaganlar orasida artrit va tromboz bilan og‘rish xavfi ko‘payadi, asosan jigar, taloq bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi, xotira susayadi.

— Bosh miya faoliyati yomonlashadi. Faqat «sog‘lom ovqatlanadigan» odam stress va depressiyalarga moyil bo‘ladi. Ustiga-ustak, tushlikdan so‘ng bir bo‘lak shokolad yeyish, hatto, foydali ham, — deydi shifokor-diyetolog Yelena Tolokonnikova.

Onda-sonda tort yoki bulochka ham yeb tursa bo‘ladi. Shirinliklar orasida zefir, sukat va quruq mevalarning qad-qomatga zarari kamroq, deb hisoblaydi mutaxassis.

Ayniqsa, qandni lavlagi, bulg‘or qalampiri, piyoz, gulkaram, jo‘xoridan olish foydali.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shirinlikdan butkul voz kechish qanday kasalliklarga olib keladi?