Tavba qilaman

  • 13 oktyabr 2019, 21:13
  • 1 486
  • Hayot tarzi
  • Tavba qilaman
    Bu dunyoda Haqdan ustun kishi yo‘qdir,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.
    Tafakkur ber, bizga anglat, bizga uqtir,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Yuzim ikki, so‘zim ikki, Senga borsam,
    Boshga qayg‘u kelsa Seni yodga olsam,
    Biru Borsan, Rahmli Zot, Rahnamosan,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Kimi g‘aflat bosib yotgay, kimi uyg‘oq,
    Kimi ko‘ngli qora, kimin qalbidir oq,
    Shafqatingga tururmiz biz faqat mushtoq,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Zulm ko‘rsak, bo‘yin egdik, tuproq bo‘ldik,
    Qamchi tegsa, qilich kelsa ko‘proq bo‘ldik,
    Tilimiz yo‘q, qo‘limiz yo‘q, o‘lmay o‘ldik,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Qo‘lga tegsa davlat magar, quturganmiz,
    Biror qulning yelkasida o‘tirganmiz.
    Tuproqlik ham esdan chiqib ko‘pirganmiz,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Madhigo‘ymiz bandalarga, Xoliq qoldi,
    G‘olib zotlar bu qullikka soliq soldi,
    Bilolmasman kim yo‘linda solih qoldi,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Holimizga na yig‘lab, na kulib bo‘lgay,
    Mazlum etin zolim kaslar yulib bo‘lgay,
    Bu xo‘rlikda na o‘rindan turib bo‘lgay,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Ichga yutdik, Yagona zot, dod etmadik,
    O‘lib bo‘lgan ruhimizni shod etmadik,
    G‘aflat kechib, kechir, seni yod etmadik,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Buyuk Qodir, shafoat ber mardumlarga,
    Va iymon ber bizdan ketgan marhumlarga.
    Butun yetkaz, hisob berilar Kunlarga,
    Tavba-tavba, Biru Borim, qabul etgil.

    Yo Allohim, tavbamizni qabul etgil.
    Xurshid Abdurashid

    Manba: Azon.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tavba qilaman