15:45 / 14.10.2019
3 028

Krovat tanlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?

Krovat tanlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Har kuni qandaydir ehtiyoj sabab bozorga, do‘konlarga boramiz. Qidirayotgan tovarimizning eng sifatlisini xarid qilish orqali esa vaqtimizni va naqdimizni tejaymiz.

Aytaylik, farzandingiz uchun krovat xarid qilishda eng so‘nggi urfda bo‘lgan jihoz uning dam olishi uchun qulay sharoit yaratadi, deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Odatda jihozning tashqi ko‘rinishiga e’tiborli insonlar tanlov borasida anchayin xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi.

Chaqaloq uchun krovat tanlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Eng avvalo, uning xavfsiz va ekologik toza xomashyodan tayyorlanganligiga ahamiyat bering. Imkoni boricha krovatning himoya devorlari baland bo‘lmasligi, uning tubi yerdan juda ham yuqorida joylashmasligi zarur. Shuningdek, bunday jihoz uchun mo‘ljallangan maxsus to‘shama uning tubi va o‘lchami bilan bir xil bo‘lishi kerak. Agar krovat to‘r matosi bilan o‘ralgan bo‘lsa, ayni muddao. Qolaversa, eng qulay krovat chaqaloq kiyimi, choyshablari va o‘yinchoqlarini joylashtirish uchun qo‘shimcha tortmalarga ega bo‘lganidir.

Bolalar uchun mo‘ljallangan krovat uchun qanday xomashyo ma’qul?
Har qanday jihoz xarid qilishdan oldin uning gigiyenik sertifikatga e’tibor qarating. Chunki, uning qay turdagi xomashyodan yasalganligi juda muhim. Agar krovat yog‘ochdan ishlangan bo‘lsa, ayni muddao. Chunki yog‘och ekologik toza mahsulot bo‘lib, u gigiyenik, toksik xususiyatlarga ega emasligi, mustahkamligi va shu bilan birga, bolaga shikast yetkazmasligi bilan ahamiyatlidir.

Bolalar uchun mo‘ljallangan mebel jihozi tayyorlashda grab, shumtol, eman, yong‘oq, qayin yoki qora qayin turiga kiruvchi yog‘och turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Plastik yoki boshqa turdagi tabiiy bo‘lmagan xomashyodan ishlangan krovatlarni xavfsiz bo‘yoq yoki zararli hidlarni o‘zidan taratmasligiga kafolat berilsagina xarid qilish tavsiya etiladi.

Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun krovat tanlashda nimalarga ahamiyat berish lozim?
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun tanlangan krovat faqatgina uxlash uchun mo‘ljallanadi. Shu sabab, tanlovning eng muhim jihati qulay yotoq tanlash sanaladi. Bunda bolaning bo‘yini inobatga olish muhim. Odatda bu yoshga mo‘ljallangan krovatlar bir xil, ya’ni eni 70 sm. bo‘yi esa 140-150 sm. o‘lchamda bo‘ladi. Unutmang, aynan mazkur yoshda to‘g‘ri tanlangan jihoz farzandingizga go‘zallik haqida muayyan tasavvur bera olishi kerak. Boisi, bolaning nimaga qiziqishi, qaysi rang uning ruhiyatiga ko‘proq yaqin ekanligi, qay turdagi shakl uni ko‘proq o‘ziga jalb etishi aynan shu davrdan shakllana boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Krovat tanlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?