17:38 / 14.10.2019
5 325

Sumka tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Sumka tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
To‘g‘ri tanlangan sumka, xuddi kiyim kabi ko‘rinishni o‘zgartirish, hatto qomatning kamchiliklarini ham yashirishga yordam beradi.

Sayrga, ishga taqiladigan sumkalar qanday bo‘lishi kerak?
Bunday vaqtda katta sumka tanlagan ma’qul. Uni ishga, bog‘larga sayr qilishda yoki shopping qilishda ishlatish mumkin. Bu tekstil, charm, sun’iy matolardan qilingan shoxo, boker, ryukzak bo‘lishi mumkin.

Ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlar uchun qanday sumkalar mos keladi?
Ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlar yoki suhbatlarga taqiladigan chiroyli sumkalar o‘z shaklini yo‘qotmaydigan va A4 formatidagi hujjatlar, yengil noutbuk yoki planshet sig‘adigan bo‘lishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan burchaklari va bukilgan joylari buzilmasligi uchun u tabiiy charmdan qilingan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tantanali kechalar uchun qanday sumkalar mos keladi?
Teatr, tantanali kechalar yoki uchrashuvlar uchun sumkalar zanjirli yoki zanjirsiz ishlanadi, turli xil bezaklar bilan bezatiladi. Har tomonlama qulay bo‘lgan bu sumkalarni o‘zingizga mos keladigan rangini topishga harakat qiling: u sizning har qanday kechalik libosingizni ajoyib tarzda to‘ldiradi.

Sumkalarni tashqi ko‘rinishga qarab tanlashda nimalar e’tiborga olinishi kerak?
Sumkaning kattaligiga e’tibor berish lozim. U sizning bo‘yingizga va qomatingizga mos kelishi kerak. Agar siz to‘ladan kelgan bo‘lsangiz, unda yirik bezaklari bo‘lgan katta sumkalarni tanlang. Agar siz nozik qomatli bo‘lsangiz, unda katta sumka kulgili ko‘rinishi mumkin.

Qora rangli sumkalar hamma liboslarga mos deyishadi, bu qanchalik to‘g‘ri?
Bu noto‘g‘ri: bunday sumka faqat axromatik rangdagi liboslar bilan yarashadi. Garderobda bitta qora rangli sumka bo‘lsa, kifoya. Shu bilan birga jigarrang, qizil, qaymoq rang va rangdor sumkalarni esa borayotgan joyingiz yoki libosingizga qarab, almashtiraverasiz. Qishda to‘q rangli masalan qora rangli charm yoki baxmal matosidan ishlangan sumkalar tavsiya etilsa, ko‘klamda yorqin rangli va ko‘rinishi yengil bo‘lganlari tanlanadi.

Eng sifatli sumkalar nimadan tayyorlanadi?
Albatta bugungi kunda sumka tayyorlash texnalogiyasi juda rivojlangan. Matodan, jinsidan, turli xil sun’iy terilardan, shuningdek tabiiy charmdan tayyorlanadi. Eng sifatli sumkalar albatta tabiiy charmdan tayyorlangani hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sumka tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?