Ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari

  • 17 oktyabr 2019, 09:55
  • 648
  • Hayot tarzi
  • Ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari
    Ovqatlanish va biotexnologiya tadqiqot markazi ekspertlari ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish kerakligi xususida tavsiyalar berishdi.
    Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, inson kuniga besh-olti marta ovqatlanishi kerak va ovqatlanish orasidagi tanaffus uch soatdan oshmasligi kerak.

    Uzoq vaqt oraliqda oshqozon devorlari qisqaradi va "ochlik og‘riqlari" paydo bo‘ladi, shuningdek, shilliq qavatni bezovta qiladigan xlorid kislota ishlab chiqariladi.

    Markaz mutaxassislari tushlikni o‘tkazib yubormaslikni maslahat berishdi. Shu bilan birga, ular sho‘r ovqatni iste’mol qilinganda oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, juda yog‘li ovqat esa – ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

    Mutaxassislar oz miqdorda meva, sabzavot, yong‘oq va achchiq shokoladni iste’mol qilish ish paytda eng yaxshi qisqa ovqatlanish deb atashdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari