Har kuni bodom yesak, nima bo‘ladi?

  • 18 oktyabr 2019, 20:46
  • 2 347
  • Hayot tarzi
  • Har kuni bodom yesak, nima bo‘ladi?
    Bodom — eng foydali yong‘oqlardan biri: uning sharofati bilan odam ortiqcha vazndan qutuladi, sochi qalinlashadi, terisi silliqlashadi. Eng muhimi — me’yorni unutmaslik kerak. «Rambler» bodom haqida muhim faktlarni keltirib, ushbu yong‘oqni har kuni yeyish qanday natijalarga olib kelishi haqida ma’lumot berdi.

    Qonda qand miqdorini nazorat qilasiz
    Bodom tarkibida magniy bor. 50 g yong‘oq mazkur mineralga bo‘lgan kunlik me’yorning yarmi bilan ta’minlaydi. U qonda glyukoza darajasini kamaytirishga hamda insulinga sezgirlikni oshirishga ko‘maklashadi. Statistikaga ko‘ra, taxminan 40 foiz 2-tip diabetiklar magniy tanqisligidan qiynalishadi. Shu bois ushbu mineralli bioqo‘shimchalarni qabul qilishga majbur bo‘ladi.

    Soch qalin va mustahkam bo‘ladi
    Bodom tarkibida Ye vitamini bor. Uning sharofati bilan soch qalinlashib, yaxshiroq o‘sadi. U hatto kallikdan qiynalayotgan odamlarga ham yordam beradi.

    Xotira yaxshilanadi
    Bodom tarkibidagi alfa-linol kislota va antioksidantlar xotiraga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda depressiya rivojlanishidan qutqaradi.

    Vaznni nazorat qiladi
    Yuqori kaloriyali bo‘lishiga qaramay, bodom ozishga ko‘maklashadi. 28 g bodom (14-15 dona) — 160 kaloriyaga ega. Bu ruxsat etilgan kunlik me’yor bo‘lib, turgan-bitgani foyda. Yong‘oq tarkibidagi yog‘ so‘rilmaydi, negaki hazm qiluvchi fermentlar unga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Yong‘oqda yog‘ bilan birga kletchatka ham ko‘p bo‘lib, u oshqozonda shishadi va uzoq vaqtgacha to‘qlik hissini saqlab qoladi.

    Teri silliq va tarang bo‘ladi
    Bodom tarkibida «yoshlik vitamini» — tokoferol (Ye vitamini) va marganets bisyor. Ye vitamini mimik ajin tushishining oldini olsa, marganets kollagen ishlab chiqarishda yetakchi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Har kuni bodom yesak, nima bo‘ladi?