Britaniyaning Bat va Birmingem universitetlari olimlari nonushtagacha jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchi odamlar mashqlarni nonushtadan keyin bajaruvchi odamlarga nisbatan 2 marta ko‘proq yog‘ yo‘qotishlarini aniqlashdi.
Erta jismoniy faollik, shuningdek, qonda shakar miqdorini me'yorlashtirishda yordam beradi. Bu haqda EurekAlert! nashri ma'lum qildi.
Olimlar olib borgan 6 haftalik tadqiqotda ortiqcha vaznga ega yoki semirishdan aziyat chekkan 30 erkak ishtirok etgan. Ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linib, 1-guruhga kiruvchilar mashqlargacha, 2-guruhga kiruvchilar esa mashqlardan keyin nonushta qilishgan. Aniqlanishicha, och qoringa jismoniy faollik yog‘ning yaxshiroq yo‘qolishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida mashqlar vaqtida insulin darajasining kamayishi bilan bog‘langan. U, shuningdek, qonda shakar miqdorini optimal darajada ushlab, to‘qimalarning insulinga sezgirligini oshirgan.
Ta'kidlanishicha, ikki guruhdagi erkaklar o‘rtacha bir xil vazn tashlashgan va o‘xshash jismoniy holatga ega bo‘lganlar. Biroq nonushtagacha mashq qilganlarning mushaklarida glyukozani tashishda va mushaklarda qon oqishida ishtirok etuvchi asosiy oqsillar ko‘paygani kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai