13:10 / 01.11.2019
3 192

Mehr, umid va qadr...

Mehr, umid va qadr...
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, katta o‘rmon tomonda bir cholu kampir yashagan ekan...
Buvimning ertaklari hamisha shunday boshlanar edi. Unda yolg‘izlikdan zerikkan cholu kampir xamirdan, qordan, loydan bola yasar, xamirdan yasagan bolasi yomg‘irda qolib ivib ketar, qordan yasagan bolasi olovdan sakrab erib ketar, loydan yasagan bolasi esa yiqilib sinar edi. Va yolg‘izlikda qolgan cholu kampir uzoqlarga termulib yashashdan bo‘lak chora topa olmasdi.

Endi o‘ylab qarasam buvim menga ertak emas, hayotdan saboq berib kelgan ekanlar. Ertakdagi cholu kampirning yomg‘irdan qolgan xamir bolasi - mehr, olovda erigan qor bolasi - umid, yiqilib singan loy bolasi - qadr ekan. Biz azizlarimizga yomg‘irda qolmaydigan mehr, olovda erimaydigan umid, yiqilib sinmaydigan qadr bo‘laylik.
Nargiza Kamalova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mehr, umid va qadr...