Yurak va tomirlar uchun nimalar foydali?

  • 23 oktyabr 2019, 21:40
  • 1 632
  • Hayot tarzi
  • Yurak va tomirlar uchun nimalar foydali?
    Yurak to‘xtovsiz ishlaydi. Tanamizning ushbu eng muhim a’zosi haqida bir qayg‘urish muhim va kechiktirib bo‘lmas zarurat. Yoshlar orasidagi infarkt va insult holatlari soni yil o‘tgan sayin ortib borayotgani ham bunga yaqqol dalildir.

    Nimalar yordam bera oladi?
    Jismoniy mashqlar, toza havo va sog‘lom oziq-ovqatlar yurakni parvarishlashdagi eng asosiy omillar hisoblanadi, shuningdek, ma’lum bir giyoh va mahsulotlar ham yurak uchun alohida foyda bera oladi, uning faoliyatini me’yorlashtirishga va baquvvat bo‘lishiga xizmat qiladi.

    1. Sarsabil — yurak-qon tizimi salomatligi uchun juda muhim qiymatga ega o‘simlik. O‘z tarkibida kunlik tavsiya etilgan foliy kislotasining 70 foiz ulushini saqlaydi. Aynan shu kislota yurak xurujlari xavfini kamaytiradi. Ko‘plab mutaxassislar asabiylikda sarsabil ildizini yeyishni tavsiya qilishadi.

    2. Do‘lana — xitoy tabobatida bu o‘simlik «yurak shifokori» deb ataladi. U qon aylanishi va yurak mushaklari ishini yaxshilaydi. Yurak mushaklarining qisqarish xususiyatini orttiradi, yurak urishi va qon bosimini me’yorlashtiradi. Ushbu o‘simlik gipertoniya (arteriyada qon bosimi oshib ketishi) va stenokardiyada (yurak muskullari siqilishi, shuning natijasidagi og‘riq) ham yordam beradi.

    3. Gulizardak (goritsvet) — yurak uchun juda foydali bo‘lgan bir qator organik birikmalarni o‘z tarkibiga olgan mashhur o‘t. Bu kardiofaol glikozidlar (jami 15dan ortiq) yurak tomirlarini kengaytirish va yurak ritmini normallashtirishga moyil.

    Bu o‘simlik yuqori qon bosimi, aritmiya, yurak yetishmovchiligi va yurakka aloqador boshqa barcha kasalliklardan aziyat chekuvchi insonlar uchun birdek foydalidir.

    4. Uzum urug‘i — kapillyarlar, vena va arteriya tomirlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi fenollardan biri bo‘lgan «protsianidinat»ni o‘z ichiga oluvchi kuchli antioksidant.

    Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va zararli xolesterinning oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi. Uzum urug‘i gipertoniya va vena yetishmovchiligida ajoyib vositadir.

    5. O‘rik danagi — tarkibida amigdalin nomli xavfli moddani saqlagan taqdirda ham, saratonga qarshi kuchli davo bo‘lib qolmoqda.

    Mag‘iz tarkibidagi o‘simlik moylari uni ateroskleroz bilan kurashishda qiymatli vositaga aylantiradi. Ular tomir devorlarini mustahkamlaydi, aritmiya va gipertoniyada yordam beradi, bundan tashqari qon bosimini tushirishga xizmat qiluvchi vosita bo‘la oladi.

    6. Zig‘ir donlari — ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zig‘ir urug‘i saratonning turli xillarida juda yaxshi profilaktika vositasidir. Ularda yurak mushaklari uchun beqiyos ahamiyatga ega yog‘ kislotalari mavjud. Urug‘larni iste’mol qilib yurish yurak qisqarishlari chastotasini yaxshilashi va xolesterinning ortiqcha miqdorini kamaytirishi olimlar tomonidan isbotlangan.

    7. Piyoz — yurak xastaliklari bilan kurashishda sinalgan yordamchi. Piyoz tomirlar va yurak uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi kversetin flavonoidlarini o‘z tarkibida saqlaydi.

    8. Sarimsoqpiyoz — dorivor o‘simliklardan biri bo‘lib, tabiiy antibiotik sifatida ta’kidlanadi. Ateroskleroz rivojlanishiga qarshi turadi va yurak xuruji kelib chiqishi xavfini kamaytiradi.

    Uni muntazam tanovul qilishda qon bosimi, triglitseridlar va xolesterin darajasi me’yorga keladi. Sarimsoqpiyoz qon tomirlari devorlarida azot oksidi ishlab chiqilishini tezlashtirish xususiyatiga ega.

    9. Olma — qondagi zararli xolesterin darajasini 30 foiz pasaytirishga qodir. Shu yo‘sinda arteriyalarda tiqilish xavfi ham kamayadi. Kuniga atigi bitta donadan olma yeyish yurak salomatligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

    Olmani tashqi po‘chog‘i bilan iste’mol qilish ahamiyatlidir, axir barcha foydali moddalar aynan unda joylashgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yurak va tomirlar uchun nimalar foydali?