21:37 / 25.10.2019
4 633

Siz ham ko'rgan tushingizni unutib yuborasizmi? Yolg'iz emassiz!

Siz ham ko'rgan tushingizni unutib yuborasizmi? Yolg'iz emassiz!
Uzoq asrlardan buyon nafaqat shu sohaning mutaxasislari, balki butun insoniyat tushlarning ta'birini bilishga harakat qilib kelishmoqda. Garchi, hozirgacha bir necha nazariyalarga asos solingan bo'lsada, mutaxasislar hali ham nega biz uxlaganda miyamiz bunaqa mujmal hikoyalar yaratishining aniq sababini aytib bera olmaydi. Javobi yo'q savollar juda ko'p. Ammo, ushbu maqola sizga shu paytgacha olimlar va psixologlar tomonidan aniqlangan faktlar haqida qisqacha so'zlaydi.

1. Biz har kuni 4-6 tadan tush ko'ramiz.
2. Uyg'onishimiz bilanoq tushimizning 95% ini unutib yuboramiz.
3. Odatiy tush 5 dan 20 daqiqagacha davom etadi.

4. Ko'pchilik insonlar oq-qora ranglardagi tush ko'rishadi.
5. Ko'zi ojiz insonlar ham tush ko'radilar.
6. Tushimizni aniq ko'rgan kunimiz, odatda uxlaganimizda o'z faolligini pasaytiradigan miya hujayralari ham tinmasdan ishlagan bo'ladi.

7. Ilk tush ta'birlari kitobi Qadimiy Misrda yozilgan.
8. Hayvonlar ham tush ko'rarkan.
9. 15% odamlar uyqusini davomida yuradi.

10. Tushimizdagi hissiyotlarimiz odatda negativ bo'ladi.
11. 51% tushlarimiz o'z ichki qo'rquv va xavotirlarimizni ifodalaydi.
12. Tushlarning tarkibi jinslar o'rtasida farqlanadi.

13. Erkaklar ayollarga qaraganda ko'proq erkaklar haqida tush ko'rishadi.
14. Biz faqat ilgari ko'rgan odamlarimiz haqida tush ko'rishimiz mumkin.
15. Ko'pchilik tush ko'radigan ba'zi umumiy mavzular mavjud.

16. Kichkintoylar va bolalar o'zlari haqida tush ko'rmaydi.
17. Voyaga etganlarning 60% -75% bir tushni takror va takror ko'radilar.
18. Amerikaliklarning 53 foizga yaqini o'zini tepalikdan tushib ketayotgani haqidagi tushni qayta-qayta ko'radi.

19. Ba'zi eng mashhur ixtirolar tushlarda yaratilgan.
20. Tushlarni yozib qo'yish uchun kundalik tutish sizdagi kreativlikni oshiradi.

Hamma insonlar tush ko'radi. Garchi tushlarimizning ko'pini unutib yuborsakda, tanamiz dam olayotganda, ongimiz tun bo'yi bizga tush yaratish bilan band bo'ladi. Ba'zilar bizning xotiralarimizni mustahkamlash uchun tush ko'rishimizga ishonishadi; boshqalar esa tushlar bizga his-tuyg'ularimizni tartibga solish uchun imkoniyat beradi deb ta'kidlashadi. Biroq, ushbu tungi gallyutsinatsiyalarning roli hali to'liq tushuntirilmagan. Qanday bo'lmasin, tushingizni eslaysizmi yoki yo'qmi, tush ko'rishni odatdagi uyqu jarayonining bir qismi ekanligini va uni to'liq to'ldirish uchun tush sizga kerakligini yodda tuting.
Shirin tushlar hamrohingiz bo'lsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz ham ko'rgan tushingizni unutib yuborasizmi? Yolg'iz emassiz!