Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev talabalikda kartoshka pishirib yegan damlarini esladi

  • 26 oktyabr 2019, 12:00
  • 2 870
  • Hayot tarzi
  • Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev talabalikda kartoshka pishirib yegan damlarini esladi
    Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini 1976 yilda tamomlagan Fattoh Shodiyev sobiq Sovet Ittifoqidagi eng boy tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Talabalik paytida u Alisher Usmonov bilan bitta xonada yashagan, deya yozadi Sof.uz.

    “Byudjetimizni asosan ota-onalarimiz tuzib berishardi, biz esa boshqarardik. Quvnoq paytlar edi, asosan kartoshka, tovuq, sabzavotlar pishirardik. Vetnamliklar seld balig‘i qovurishardi, bu ularning sevimli taomi edi, lekin bizga yoqmasdi”, – deya esladi Fattoh Shodiyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining 75 yilligiga bag‘ishlab suratga olingan “MDXMI. Dunyoning barcha tillarida” nomli filmda.

    Talabalik yillari haqida Alisher Usmonov ham gapirib berdi. Uning aytishicha, birinchi yili o‘qishga kirolmagan. Shundan so‘ng Toshkentga qaytib, qilichbozlik bilan astoydil shug‘ullangan, sport ustasi darajasiga erishgan. Avvaliga O‘zbekiston, keyin Sovet Ittifoqi terma jamoasiga kirgan.

    Alisher Usmonov ilk biznes sxemasini kursdoshlari bilan kartoshka tergani borganida o‘ylab topgan ekan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev talabalikda kartoshka pishirib yegan damlarini esladi