22:45 / 29.10.2019
5 669

Yosh yigit 10 ta energetik ichimlikni ichganidan keyin yurak xurujiga uchradi

Yosh yigit 10 ta energetik ichimlikni ichganidan keyin yurak xurujiga uchradi
26 yoshli bemor qo‘lida paydo bo‘lgan falajlik va haddan tashqari terlashdan shikoyat qilib kasalxonaga yotqizilgan.

Shoshilinch tibbiy yordam mutaxassislarining xabarlariga ko‘ra, shifokorlar Texas shtatidagi odamning yuragini tekshirib, uning arteriyalari qon o‘tkazib berish o‘rniga, zararli moddalar bilan to‘lib, tiqilib qolganligini aytishmoqda.

Ko‘p o‘tmay uning ko‘kragidagi og‘riqlar Monster va Rok Star deb nomlangan to‘rt litrlik energetik ichimliklar tufayli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar uning bu yomon odati yurak xurujini keltirib chiqargan deb taxmin qilishmoqda, deb xabar beradi Daily Star.

Yigit shifokorlarga unda to‘qqiz soat davomida ko‘kragi va qo‘lida og‘riqlar bo‘lganligini aytgan. Shuningdek, u shifokorlarga xavfli odati borligini tan olishdan oldin ko‘ngil aynish va qusish hissi haqida shikoyat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yosh yigit 10 ta energetik ichimlikni ichganidan keyin yurak xurujiga uchradi