19:11 / 30.10.2019
4 972

«Qand kasalini bergan Allohga shukr!»

«Qand kasalini bergan Allohga shukr!»
Quvaytdagi "Ahmadiyya" nomli klinika shifokori aytadi: Chamasi 60 yoshlardagi qandli diabet xastaligiga chalingan kishi huzurimga kelar edi. Har gal kelganida: Ey Robb! Qandli diabet xastaligini ne’mat qilib berganing uchun O‘zingga hamd bo‘lsin, deb aytar edi.

Bir gal: "Amaki, qand kasalligi ne’mat ekanini faqat sizdan eshitdim", desam, u kishi: "Ey bolam, qand kasali haqiqatda ne’matdir. Uning quyidagicha sabablari bor:
– Alloh menga ushbu bemorlikni berdi, ammo unda hech qanday og‘riq yo‘q. Aksar odamlar bemorlikdan og‘riq totishadi.
– Alloh menga ushbu kasallikni muolajasi topilgan davrda berdi. Ko‘pchilik odamlar davosi hanuz topilmagan kasalliklarga duchor bo‘lishmoqda.
– Alloh menga nomi shirin bo‘lgan qand kasalini ato qildi.
– Alloh menga sen kabi tili shirin do‘xtirni uchrashtirdi.
– Menga shunday kasallik berdiki, har to‘rt oyda do‘xtirga uchrayman, qonimni tahlil qildiraman va sog‘ligim haqida aniqlik kiritib olaman.
– Sabr qilib, shukr qilishim uchun Alloh menga qand kasalini berdi. Bu bilan xato va gunohlarim hech bir mashaqqatsiz mag‘firat qilinishiga sabab bo‘ladi.
– Alhamdulillah shu kasallik sabab tungi tahajjud namozini o‘qiyman, chunki tunda ikki marta hojatxonaga borish uchun uyqumdan uyg‘onaman.

Bu Allohning fazlidir. Shukr qiluvchi kishi ushbu muammoni ne’matga aylantirib olgan.

Do‘xtir: "Qandli diabet haqida ijobiy fikrlarni o‘qiganman va bu haqdagi yig‘inlarda ham ijobiy fikrlarni eshitganman ammo ikki daqiqa mobaynida bu otaxon aytganchalik kabi ijobiy fikrni eshitmaganman.

Manba: Arabic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Qand kasalini bergan Allohga shukr!»