07:07 / 04.11.2019
28 289

Anor mevasiining foydali xususiyatlari haqida

Anor mevasiining foydali xususiyatlari haqida
Hammamizga ma’lumki kuz kirib kelishi bilan o‘lkamizda anor pishib yetiladi. Demak, bu mevani iste’mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali hususiyatlari haqida va nega ularni iste’mol qilish foydali ekanligi borasida to‘xtalishni lozim topdik.

Anor mevasi barcha mevalarning qiroli hisoblanadi. Uning to‘q qizil rangi ko‘zni qamashtiradi. Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qo‘llanilib kelinadigan mevalardan biridir. Anor foydaliligi tan olingan bo‘lib, unda organizmning yaxshi faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha kerakli vitaminlar mavjud. Agar siz go‘sht mahsulotli taomlarni iste’mol qilmasangiz va vegetarian bo‘lsangiz, albatta shu meva sizning dasturxoningiz ustida doimiy ravishda bo‘lishi kerak. Chunki unda go‘sht mahsulotida mavjud 15 aminokislotalar bor. Unda yana asosiy bo‘lgan S, R, B6 va V12 to‘rt vitaminlari mavjud. Anor yana yod, kaliy, kalsiy, temir va kremniy kabi minerallarga boy.

Anor ustki qismidan qurigan, ichi esa yaxshi pishgan va suvli bo‘lishi kerak. Chunki siz anorni po‘sti silliqroq vaqtida uzib olgan bo‘lsangiz u taqdirda anor hali yaxshi yetilib pishmagan bo‘ladi. Shuning uchun anorni po‘sti quriganroq bo‘lishi kerak. Anorning po‘sti bizga uning pishgan yoki pishmaganligi haqida bilish imkonini yaratadi.

Anor sharbati juda ham foydali bo‘lib, uni qon kamlik kasalligida, aterosklerozda, bronxial astmada, anginada, diabet kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Anorning po‘sti, doni ham foydalidir. Ularning har biridan turli yo‘nalishlarda foydalaniladi.

Anorning po‘stini choyga qo‘shib ichilsa, u uyqusizlik dardiga uchraganlarga va asab tizimi toliqqan va stress holatda yurgan insonlarga foydalidir. Yana tomog‘ingiz og‘rib qolsa, shifokor huzuriga yetib borguningizcha anor po‘stini qaynatib uning suvida chaysangiz ancha yordam beradi. Chunki uning tarkibidagi organik kislotalar infeksiyani yo‘q qilish imkoniga ega.

Anorni yana kosmetik vosita sifatida ham ayollarimiz o‘z go‘zalliklarini saqlash uchun qo‘llashlari mumkin. Yuz teringiz yog‘li va husnbuzarlar gohida sizni bezovta qiladimi? U taqdirda siz anor po‘stini maydalab zaytun yog‘ida salgina qovurib olib, uni muzlatgichda saqlang va haftada ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda yuzingizga niqob qiling.

Shuni aytib o‘tish joizki, anor ovqat ratsioniga kiritilgan bo‘lsa va uni iste’mol qilib turilsa yurak xastaliklari yuzaga kelishini va ayollar ko‘krak raki oldi olingan bo‘lishi mumkin.

Anor donalari esa yuqori bosimli kasallar uchun juda foydali, u bosimni sekin-asta tushishiga yordam beradi.

Shuni eslatib o‘tishimiz kerakki, oshqozon yara kasalligi mavjud insonlarga anorni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki u juda ham nordon va kislotalidir. Anor sharbatini o‘zini ichish tishlarimiz emalini yemirilishiga olib kelishi mumkinligi sababli, unga ozgina qaynatilgan suv qo‘shib ichish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Anor mevasiining foydali xususiyatlari haqida